Yoshlar o'rtasidagi U-19 OCH. Yoshlar terma jamoamizning tayyorgarligi
10 okt 2014 09:00
Yangiliklar

Yoshlar o'rtasidagi U-19 OCH. Yoshlar terma jamoamizning tayyorgarligi
Myanmadagi Osiyo chempionatida ishtirok etadigan yoshlar terma jamoamizni qisqa vaqt ichida 3 nafar murabbiy boshqardi.
Aleksey Evstafeev shu yilning fevral oyida, Sergey Lushan esa iyunda faoliyatlarini boshqa erda davom ettirishga qaror qilishdi. Natijada Ravshan Haydarov ushbu jamoani qabul qilib oldi. Hozirgacha u bir qator yig'inlarda futbolchilarning holatidan xabardor bo'lib ulgurdi.
Saralash bahslarini terma jamoa Evstafeev qo'l ostida o'tkazgandi. O'tgan yili Qatarda o'tkazilgan bahslarda futbolchilarimiz Turkmaniston, Nepal, Hindiston va Qatar bilan bir guruhda kurash olib borishdi. CHempionat final bosqichiga yo'l olish masalasi ortiqcha qiyinchiliksiz hal etildi. Birinchi turda Turkmanistonni Sidorovning yagona goli evaziga dog'da qoldirgan yoshlarimiz keyin Nepalni 5:0, Hindistonni 3:0 hisobida dog'da qoldirishdi. Oxirgi turda mezbonlardan olingan mag'lubiyat (1:2) hech narsani hal etmadi. Guruhda 2-o'rinni egallagan yoshlarimiz shu tariqa Myanmadagi chempionatga yo'llanma olishdi.
O'shanda Qatardagi uchrashuvlarga quyidagi futbolchilar olib ketilgandi:
Darvozabonlar
Botirali Ergashev Paxtakor
SHerzod Abduraimov Mashal
Dilshod Hamroev Bunyodkor
Himoyachilar
Azizbek Mamazoitov Bunyodkor
Abbos Otaxonov Paxtakor
Ulug'bek Xudoyberdiev Olmaliq
Mehroj G'ulomov Buxoro
Doston Tursunov Neftchi
Abdurasul Komilov Paxtakor
Viktor Grigorev Paxtakor
Yarim himoyachilar
Mirjamol Qosimov Bunyodkor
Sardor Azimov Bunyodkor
Maqsud Mahmudov CHust-Paxtakor
Javohir Sohibov Paxtakor
Bobur Davlatov Rubin
Najmiddin Normurodov Nasaf
Durbek Kamolov Mashal
Ergash Ismoilov Bunyodkor
Narimon Hasanov Spartak
Hujumchilar
Andrey Sidorov Andijon
Asliddin Abdiev Mashal
Eldor SHomurodov Mashal
Zabixillo O'rinboev Bunyodkor
Saralash bosqichi
Turkmaniston – O'zbekiston – 0:1
Gol: Sidorov 77.
O'zbekiston – Nepal – 5:0
Gollar: Normurodov 14, SHomurodov 35, 62, 71, Davlatov 49-pen.
Hindiston – O'zbekiston – 0:3
Gollar: Abdiev 44, 63, Davlatov 51.
O'zbekiston – Qatar – 1:2
Gollar: O'rinboev 85 – Afif 23, 56-pen.
O'shanda o'ynagan futbolchilardan faqat 10 nafari final bosqichiga ham boradigan bo'ldi. Bu esa o'tgan bir yil vaqt davomida yangi nomzodlarning paydo bo'lgani, murabbiylar selekciya ustida yaxshi ishlaganini ko'rsatadi. O'zimizga ham dastlab bu yoshda iqtidorlar kamdek tuyulgandi, lekin izlangan har narsaga imkon topganidek, bir qator yangi iqtidorlarga ko'zimiz tushdi. Endi ularning jamoaviy o'yinga qanchalik kirishib ketishi ko'p narsani hal etib beradi. SHu yoshdayoq oliy liga havosidan bahra olib, klubining asosiy tarkibida shug'ullanayotgan o'yinchilar soni etarlicha.
Yoshlarimizning 2014 yildagi yig'inlariga etibor beradigan bo'lsak, dastlab Turkiyada Rossiya yoshlar jamoalari va Liviya terma jamoasi bilan nazorat bahslari tashkil etildi. SHundan keyin ham har oyda yig'in o'tkazildi. Aprel va mayda Toshkentda shug'ullanilgan bo'lsa, iyunda Armaniston, iyulda Vengriya yoshlar terma jamoasi bilan xorijda o'yinlar o'tkazildi. Avgustda Albaniya, sentyabr oyida Tailand yoshlar terma jamoalariga qarshi kechgan bellashuvlar jamoaviy o'yinning yanada yaxshilanishiga xizmat qildi.
Fevral – Mart
O'zbekiston – “Krasnodar” – 0:5
O'zbekiston – “Zenit” – 1:1
Gol: Abdiev.
O'zbekiston – “Rubin” – 0:2
O'zbekiston – Liviya - 4:2
Gollar: O'rinboev 2, SHomurodov, Hamdamov.
Aprel
O'zbekiston – “Bunyodkor” (yoshlar) - 4:1
Gollar: SHomurodov 2, Ilyosov, Sidorov.
O'zbekiston – “NBU-Osiyo” – 7:0
Gollar: Sidorov 2, Azimov, Akbaraliev, Abdullaev, SHomurodov, Sohibov.
May
O'zbekiston – “Mashal” - 3:1
Gollar: Sidiqov, O'rinboev, Hamdamov.
“Lokomotiv” – O'zbekiston – 3:4
Gollar: O'rinboev-pen, SHukurov-pen, Abdullaev, SHomurodov.
Iyun
Armaniston – O'zbekiston – 1:1
Gol: SHomurodov.
Armaniston – O'zbekiston – 0:2
Gollar: SHukurov, O'rinboev.
Iyul
Vengriya – O'zbekiston – 1:2
Gollar: O'rinboev 2.
Vengriya – O'zbekiston – 2:2
Gollar: O'rinboev, Abdiev.
Avgust
O'zbekiston – “Oq-tepa” - 3:0
Gollar: SHomurodov, O'rinboev, Qosimov (penalti).
O'zbekiston – Albaniya – 3:1
Gollar: O'rinboev 2, G'iyosov.
O'zbekiston – Albaniya – 0:0
Sentyabr
Tailand - O'zbekiston - 0:2
Gollar: Hamdamov, SHukurov.
“Bangkok Glass” – O'zbekiston - 1:4
Gollar: SHukurov, Xursanov, O'rinboev, Qosimov.
Umuman olganda, yoshlarimizning tayyorgarligini yaxshi baholash mumkin. Ular shu yilning o'zida 20ga yaqin uchrashuvlarda maydonga tushishdi. Bu jamoani shakllantirish uchun etarli ko'rsatkich sanaladi. Qolaversa, tarkibdagi iqtidorli futbolchilar musobaqada ijobiy natija qayd etishimizga umid yaratadi. Yoshlar bilan ishlashning hadisini olgan Ravshan Haydarov ushbu terma jamoamizni keyingi yil jahon chempionatiga olib boradi deb umid qilamiz. Myanmada terma jamoamizga omad yor bo'lsin!
Behzod NAZAROV.

# | Jamoalar | O' | YU | D | M | T-N | O |
1 | Qatar | 4 | 4 | 0 | 0 | 13-1 | 12 |
2 | O'zbekiston | 4 | 3 | 0 | 1 | 10-3 | 9 |
3 | Hindiston | 4 | 1 | 1 | 2 | 3-7 | 4 |
4 | Turkmaniston | 4 | 1 | 1 | 2 | 4-11 | 4 |
5 | Nepal | 4 | 0 | 0 | 4 | 1-10 | 0 |

Fikrlar