So’nggi yangiliklar

22:51"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  22 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  1 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  1 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  8 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  10 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  4 16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  2

Yorqin Nazarov: "SHogirdlarim o'yindan avval "Surxon"ni mag'lub etdik, deb o'ylashdi" Yangiliklar

Yorqin Nazarov: "SHogirdlarim o'yindan avval "Surxon"ni mag'lub etdik, deb o'ylashdi"

Coca Cola Superligasining 16-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Turon" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Yorqin Nazarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- SHogirdlarim bir-ikki o'yinda g'alaba qozongach, "Surxon"ni o'yindan avval mag'lub etdik, deb o'ylashdi. SHu bois, birinchi bo'limda ko'ngildagidek o'ynay olmadik. Ikkinchi bo'limda esa o'z o'yinimizni ko'rsata boshladik va vaziyatlar yaratdik. Ammo raqib darvozasini ishg'ol qila olmadik. Yoshlar bilan ishlash yaxshi, biroq ularda barqarorlik etishmaydi. Birinchi bo'limda jamoani tanimadim. Ikkinchi bo'lim nisbatan yaxshiroq o'ynaganimizga qaramay, raqib darvozasini ishg'ol qila olmadik. "Surxon"ni g'alaba bilan tabriklaymiz.


- O'tgan mavsum "Surxon"da faoliyat olib borgansiz. O'sha jamoa bilan hozirgisi orasida qanday farq mavjud?

- Hozirgi "Surxon"da yoshlar yaxshi harakat qilishyapti. Qolaversa, murabbiylar ham yosh. O'tgan yilgi jamoada ispaniyalik mutaxassislar ishlagandi. Ular bizning mentalitetga moslashgunga qadar ancha vaqt o'tdi. Hozirgi jamoaning holati turnir jadvalida ham aks etib turibdi.


- "Turon"ning Superligada jon saqlab qolishidagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Jamoada imkoniyat bor. Oxirigacha kurashamiz. Joriy yilgi maqsadimiz — chempionatda jon saqlab qolish.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика