So’nggi yangiliklar

11:01«Бавария» Флориан Виртц учун қанча пул сарфлашга тайёрлиги маълум  0 10:34Кечаги мағлубиятдан сўнг «Манчестер Сити» қандай антирекордларни ўрнатди?  8 10:05Аморимнинг «қора» рўйхатига тушган футболчилар маълум. МЮ 7 нафар футболчи билан хайрлашишга тайёр  11 09:37Sofascore. Кечаги учрашувда Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?   1 09:05Гвардиола кечаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  7 08:36Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 08:06Саудия Арабистон чемпионати. «Ал Ҳилол» мавсумдаги илк мағлубиятини қабул қилди  1 07:38Суперлига. Бугун 25-тур якунланади  1 04:12"Андижон" ўз уйида "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 04:07Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  117 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  3 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  31 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0

"Yillar va yo'llar" (1 qism). Yorqin Nazarov: “Spartak”ga o'tmaganimdan so'ng futbolni yarim kuch bilan o'ynashni boshlaganman” Yangiliklar

"Yillar va yo'llar" (1 qism). Yorqin Nazarov: “Spartak”ga o'tmaganimdan so'ng futbolni yarim kuch bilan o'ynashni boshlaganman”

Futbolchi faoliyati davomida qancha klublarning eshigini qoqmasin, qaerga bormasin muxlislar uni doim ilk qadamlarini qo'ygan jamoasidagi faoliyatini maroq bilan eslashadi.

Mirjalol Qosimov "Alaniya", "Krilya Sovetov", "Al SHabab" kabi klublarda to'p tepganiga qaramay uni hamon "Paxtakor" o'g'loni sifatida tilga olishadi. Umuman olganda bunday misollar juda ko'p. Bugungi "Yillar va Yo'llar" loyihasi ilk sonining mehmoni Yorqin Nazarovni ham ishqibozlar ko'proq "sherlar" safidagi o'yinlari sabab tanishadi. Uning Qozog'iston yoki boshqa klublarda to'p tepgani emas, aynan poytaxt klubidagi harakatlari ko'z oldimizda gavdalanadi. O'sha vaqtlarda "Paxtakor" haqiqatdan ham ko'p futbolchilarning tanilishida debocha vazifasini o'tagan, desak mubolag'a bo'lmaydi. Demak "Yillar va Yo'llar" loyihasi orqali Yorqin Nazarov bilan hayot varaqlarini birma-bir yodga olib chiqamiz.

“U vaqtlarda futbol maktablari kam bo'lardi. Hozirgidek “Bunyodkor”ga o'xshagan yaxshi sharoitlarga ega akademiyalar orzu hisoblanardi. SHu bois aksariyat taniqli futbolchilar “Paxtakor” futbol maktabida ilk qadamlarini qo'ygan. Mening yutug'im yaxshi murabbiyning qo'liga tushganim bo'lgan, deb bemalol ayta olaman. Vladimir Vladimirovich Bandarenko bizga futboldan saboq berganlar. “Paxtakor”ning bitta maydonida bir vaqtning o'zida 3-4 ta yosh toifasidagi guruhlar mashg'ulot o'tkazardi. Murabbiyimizning aqlli qilgan ishi shunda bo'ldiki, o'zi yashaydigan joydagi maktab maydonini olib bizni shug'ullantirgan. Bu degan butun maydonda bitta jamoa mashg'ulot olib boradi. 21-maktabda barcha sinflar qatori alohida yana bir mahsus sinf ochildi. Unda faqat futbolchilar talim olar edik. O'sha vaqtda turnirlardagi ishtirokimiz orqali Sobiq Ittifoq o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyning nazariga tushganmiz. Ular orasida Pavel Bugalo, Andrey Yaravoy, Oleg SHackix va Valeriy Kechinov kabi taniqli nomlar bo'lganini aytish joiz. Ushbu terma jamoa bilan SHvecariyada Evopa chempionatida ishtirok etganimiz yodimdan chiqmaydi. Musobaqadan so'ng avtomatik tarzda “Paxtakor” azosiga aylandik. Hali maktabda o'qib yurganimdayoq mamlakatning bosh jamoasiga qabul qilinish bilmadim so'z bilan tariflab bera olmasam kerak. CHunki jamoada raqobat yuqori bo'lardi. Asosiy tarkibda Mustafo Bilolov, Gennadiy Denisov, Vasiliy Postnov, Oleg Sinelobov singari nomlar to'p tepardi. Bosh murabbiy Konstantin Novikov etiborga olib qabul qilgandi. Nima uchun meni paxtakorchi sifatida tanishadi? Bu klubda naqd etti mavsum to'p tepganman. Eng yaxshi damlarimni, o'yinlarimni shu jamoada o'tkazdim”,- deya xotirlaydi Yorqin Nazarov.


Tarixdan misol Sobiq Ittifoq vaqtida terma jamoaga kirish oson bo'lmagani barchamizga malum. Murabbiylar har bir mamlakatdan eng kuchlilarini taklif qilishgan. O'z vaqtida Andrey Fyodorov, Mixail An, keyinchalik Mirjalol Qosimov bunday baxtga erishgan. Ko'rinadiki terma jamoa murabbiylarining nazariga tushish qiyin edi. Lekin 1990 yilga kelib SSSR o'smirlar terma jamoasida naqd 5 nafar hamyurtimiz to'p tepdi. Yorqin Nazarov mazkur holatni quyidagicha izohladi.


“Hozir terma jamoaga kirish nisbatan osonroq. O'shanda SSSR o'smirlar terma jamoasida o'ynaganlardan men, Mirjalol Qosimov va Pavel Bugalo qoldi. Aytganingizdek raqobat tasavvur qilib bo'lmaydigan darajada kuchli edi, deya olaman. Rossiya, Belarus, Ukraina, Armaniston, Estoniya, Qozog'iston kabi 15ta mamlakat ichidan eng zo'rlari tanlab olingan. Oldinlari O'zbekistondan bitta yoki ikkita futbolchi kirsa, bizning avloddan 5 nafar o'yinchi taklif qilingan. Terma jamoa murabbiyi Evgeniy Papaev texnik tomondan kuchli futbolchilarni yaxshi ko'rgan. Sobiq Ittifoq paytida gruziyaliklar bizning futbolchilarni braziliyaliklarga o'xshatishardi. Hattoki Qozog'istonda to'p tepganimda menga murabbiyim: “Sizlarda futbolchilarni fabrikasi bormi?”,- degandi. Yutug'imiz biz murabbiyning uslubiga tusha olganimizda. Vladimir Vladimirovich Bandarenko ham kuchdan ko'ra texnikaga ko'proq etibor qaratardi”,- deydi murabbiy.


Sobiq Ittifoq parchalanishi natijasida ko'plab taniqli futbolchilar turli xorij jamoalariga yo'l olishdi. Valeriy Kechinov O'zbekistonda bir mavsum o'ynab “Spartak”ka yo'l oldi. Andrey Pyatnickiy, Oleg Sinelobov kabi futbolchilar ham o'zlariga boshqa jamoa topishdi. Bu paytga kelib “Paxtakor”da moliyaviy qiyinchiliklar kuzatilayotgan damlar edi. SHunday pallada Yorqin Nazarovda ham legionerga aylanish imkoniyati yuzaga keldi. Moskvaning “Spartak” klubi bosh murabbiyi Oleg Romancev hamyurtimizni shaxsan o'zi taklif qilgandi. Lekin mahoratli yarim himoyachi Toshkent klubida qolishni afzal bildi. Nima uchun shunday qulay fursatni qo'ldan boy berdi, keling suhbatdoshimizning so'zlariga nazar solamiz.

“Oleg Ivanovich Romancevning o'zi chaqirgandi. Lekin o'sha paytlarni ko'p yodga olgim kelmaydi. Eslasam armon bo'lib qolgan lahzalar ko'z oldimda gavdalanadi. Hozirda futbolchilarni ko'proq ko'rikdan o'tkazib, sinab jamoaga olishsa, “Spartak” menga shartnoma taklif qilgandi. Oleg Romancev nafaqat meni, Valeriy Kechinov, Dmitriy Parfyonov, Andrey Konovalovni kuzatib yurgan ekan. Umuman olganda nasib qilmadi. Balki xudo xohlamagandir. “Paxtakor”da qolganimga turli sovg'alar ham berishgan. Biroq “Spartak” jamoasiga o'tmaganim haqiqatdan ham armon bo'lib qoldi. Kimning esida bo'lsa, 90 yillar boshida moskvaliklar ketma-ket chempionatda zafar quchgan. CHempionlar Ligasida to'p tepgan. "Paxtakor"ni almashtirganimni sabablari ko'p”,- deydi qahramonimiz. 

“Paxtakor” barcha o'zbek futbolchilari qatori men uchun ham qadrdon klub. Men shu jamoada muxlislarga tanildim. Odatda ko'p futbolchilar faoliyatini yakunlagach o'zi to'p tepgan jamoaga murabbiy sifatida qaytishadi. Ammo menda boshqacha bo'ldi. Murabbiylik faoliyatimni “Bunyodkor” akademiyasidan boshladim. Adashmasam 10 yilga yaqin bolalar bilan ishladim. Futbolchilikni “Paxtakor”, murabbiylikni “Bunyodkor” o'rgatdi. Bundan afsuslanmayman”,- deydi murabbiy.

Hech qaysi futbolchi o'z-o'zidan to'p tepishni o'rganib qolmaydi. Albatta murabbiylar ko'magi yordamida malum bir darajaga chiqadi. Futbolchi hayoti davomida bir qancha murabbiylar bilan ishlashiga to'g'ri keladi. Ularning har biridan nimadir yangilik o'rganadi. Yorqin Nazarov “Paxtakor”dagi etti yil davomida Ahrol Inoyatov, Xans Farel, Bahodir Ibragimov, Aleksandr Ivankov kabi mutaxassislar qo'lida to'p tepdi. Qahramonimizdan suhbat davomida ularning har biriga qisqacha tavsif berishni so'radik.

Ahrol Inoyatov

- Ahrol aka futbolchilarni o'yinga ruhiy tomonlama yaxshi tayyorlay olardilar. Haqiqiy psixolog, deya olaman. Futbolchini xonalariga chaqirib shunchalik miyaga qo'yib qo'yardilar, qoyil qolmasdan iloj yo'q edi.

Bahodir Ibragimov

- Menimcha o'sha paytda o'z qirralarini to'liq ko'rsata olmagan kuchli mutaxassis bo'lganlar. O'z vaqtida ulardan yaxshi murabbiy yo'q edi. Balki imkoniyat berilmagandir. Kimning yodidan chiqmagan bo'lsa, bir qator arab terma jamoalarini boshqarganlar. Jahon chempionatlariga ham olib chiqqan. Bahodir akani mashg'ulotlari qiziqarli o'tardi.

Rustam Akramov

- Rustam Akramovich jamoaga kelgach pressingga asoslangan uslubni tadbiq qildilar. 1994 yilgi Osiyo o'yinlarida terma jamoamiz bilan bosh sovrinni qo'lga kiritganlar. Terma jamoa o'zagini Sobiq Ittifoq paytidan etishib chiqqan futbolchilar tashkil qilgan. Ularni yaxshi birlashtira olganlar, deb o'ylayman. Kimdir u erda murabbiy bo'lmasa ham yutib kelinardi, deyishadi.

Aleksandr Ivankov

 - Tartib intizomga qattiq rioya qiladigan murabbiy edi. Avtobusda, ovqatlanish vaqtida, mashg'ulotda hammadan intizomga rioya qilishni talab qilardi.

Nazarovlar oilasi ko'pchilik muxlislarga malumki futbolchilar oilasi sanaladi. 1990 yillarning boshlarida “Paxtakor” jamoasida Yorqin Nazarovning ukasi Dilmurod Nazarov muxlislar etiboriga tushishni boshladi. Tez orada chaqqon harakatlari va hujumda ari kabi raqiblar darvozasini o'qqa tutishlari 1995 yil terma jamoamiz bosh murabbiyi Aleksandr Ivankovning nigohini o'ziga jalb qildi. Afro-Osiyo kubogida ishtirok etayotgan terma jamoamiz tarkibida Nigeriyaga qarshi bahsda ishtirok etdi. Keyinchalik uni o'shanda “Paxtakor”ni boshqargan niderlandiyalik Xans Farel “Vittes” klubiga olib ketmoqchi bo'ldi. Biroq futbolimizdagi azaliy kasalliklardan biri o'shanda hujumchining evopa tomon eshiklarni ochishiga to'sqinlik qildi. Loyihamiz mehmoni Yorqin Nazarov ekan, undan ukasi Dilmurod Nazarov haqida so'ramaslikning iloji yo'q edi.


"Dilmurodni futbolga akamiz O'ktam Nazarov olib borgandi. “Paxtakor”ga taklif qilishganda murabbiy Ahrol Inoyatov edi. Mashg'ulotlarga kelardi, faol qatnashardi. Mashg'ulot bazasi bilsangiz Qibrayda joylashgandi. O'sha erda o'yinlarga tayyorgarlik ko'rardik. Men orqali chaqirtirishardi, ikki kun, uch kun qatnashib Titovga internatga ketib qolaverardi. Keyin Ahrol aka bitta yo'l tutdilar. Mashg'ulotlarga qoldirmasdan muntazam kelishda davom etsa eng zo'r butsani sovg'a qilishini aytdilar. Esimda eng zo'r sifatli qizil butsa Dilmurodda bo'lardi. Hech kimda bo'lmasdi. Gollar ursa oylik ham tayinlashini takidladilar.SHunaqa qilib aldab uni olib qolishdi. Adashmayotgan bo'lsam, o'sha yili 1995 yil milliy terma jamoa libosida maydonga tushgandi. Nigeriya bilan o'yinda zahiradan qo'shilgan payt 18 yosh edi. “Paxtakor”ni niderlandiyalik Xans Farel boshqarganini bilsangiz kerak. U ketayotganda Dilmurod va Mahmud To'raxo'jaevni o'zi bilan olib ketmoqchi bo'lgan, “Vittes” klubi uni taklif qilgandi. Lekin, klubning o'sha paytdagi rahbarlari juda katta mablag' so'rashadi. Talablari yuqori bo'ladi. Bu esa ularga yoqmagan, uning puliga Braziliyadan futbolchi olishni maqul ko'rishgan. Bunday holat hozir ham borligi achinarli. Faqat o'shanda “Paxtakor” emas, barcha jamoalar shunday yo'llar bilan futbolchini to'xtatib qolishayotgani yomon. Mana hozirda Italiyada Eldor SHomurodov o'ynab ketdi. Rossiyada Oston O'runov o'ynamoqda. Lekin bu kam. Puliga qaramasdan futbolchiga taklif tushganda berib yuborish kerak. Balki hozirmas, keyingi transferidan pul ishlashadi. Italiya kerak bo'lsa, Germaniya, Ispaniya chempionatlarida to'p tepishi kerak. Balki, o'shanda u Evropaga ketishi ham mumkin edi. Meni ukam bo'lgani uchun emas, ko'p murabbiylar ham o'zligi ko'p bor eslashadi. Dilmuroddek hujumchi hali chiqmaganini aytishadi. O'ziga xos xarakteri bor edi, yutqazishni yoqtirmasdi. Bo'yi past bo'lganiga qaramasdan bo'yi baland hujumchilardan ko'p gol urardi. Tezligi va chaqqon harakatlari raqib himoyachilarini shoshirib qo'yardi. Hozirgi hujumchilar bilan solishtirish qiyin. Uni ko'plar To'lagan Isoqovga o'xshatishardi. Darhaqiqat, tezligi yuqori edi”,- deydi Yorqin Nazarov.

Yuqorida aytganimizdek qahramonimiz Moskvaning “Spartak” klubiga o'tmagani uning faoliyatidagi katta armon bo'lib qolgan. Lekin bu uning legionerga aylanish fikridan to'xtatib qolmadi. Yorqin Nazarov “Paxtakor”dan so'ng Qozog'iston chempionatida “Yassi Sayram”, “Sintez”, “Ordobasi” jamoalarida o'zini sinab ko'rdi. Xo'sh, bundan qay darajada ko'ngli to'ldi?


“Bilmadim. Lekin sport jurnalisti, futbol sharxlovchisi Xayrulla Hamidov intervyularining birida O'zbekistonda iqtidori ochilmagan futbolchi sifatida meni aytib o'tgan ekan. Demak u futbolchilik faoliyatimni yaxshi bilar ekan. To'g'ri fikr bildirgan, deb o'ylayman. “Spartak”ga bormaganimdan so'ng futbolni bor kuchim bilan o'ynamaydigan bo'lib qoldim. Qaysidir manoda ishtiyoq so'ndi. O'zimni to'liq ko'rsata olmaganman. Qozog'istonda yaxshi taassurot qoldirganman. Muxlislar iliq qabul qilgandi. Qisqasi futbolni o'z darajamda o'ynamaganman”,- deydi Yorqin Nazarov.

Tez orada ikkinchi qismini etiboringizga havola qilamiz. Bizni kuzatishda davom eting!

Muallif: Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика