Yaya Ture Xitoy klubiga o'tdi
17 may 2019 15:43
Yangiliklar


Yaya Ture Xitoy klubiga o'tdi
Ivuarlik yarim himoyachi Yaya Ture faoliyatini Xitoyda davom ettiradigan bo'ldi.
Malumotlarga ko'ra, Ture Xitoyning ikkinchi darajali ligasida ishtirok etuvchi "Cindao Xaynyu" klubi bilan shartnoma imzolagan. Ayni damda ushbu klub ligada birinchi o'rinni egallab turibdi va kelasi mavsum Xitoy Superligasida ishtirok etishi mumkin.
Ture o'tgan yil dekabr oyida "Olimpiakos"dan ketgandan so'ng klubsiz qolgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar