Yaponiyalik futbolchi "Nyukasl"ga o'tishga yaqin
26 iyu 2018 12:22
Yangiliklar
Yaponiyalik futbolchi "Nyukasl"ga o'tishga yaqin
Yaponiya terma jamoasi azosi Yoshinori Muto Angliyaning "Nyukasl" klubiga o'tishga yaqin turibdi.
Malumki, hozirda ushbu futbolchi Germaniyaning "Maync" klubi azosi hisoblanadi. "Maync" sport direktori Kristian Xeydelning aytishicha, klub Mutoning ketishiga qarshi emas.
"Biz ingliz pullari Bundesligaga kirib kelishini xohlaymiz. Buning yomon tarafini ko'rmayapman. Pul topish yo'li oson, Angliya klubidan taklif tushsa futbolchini sotasiz. Pulni olasiz, rahmat deysiz va etiborni boshqa futbolchi tarbiyalashga qaratasiz", - deydi Kristian Xeydel.
"Maync" 2015 yilning yozida boshqa bir yapon futbolchisi SHinji Okazakini 10 million funt evaziga "Lester"ga sotgandi. Okazaki APLga borgach "Lester"ning chempion bo'lishida yordam berdi. Endilikda bu klub Mutoni ham mo'maygina pulga pullamoqchi.
Fikrlar