Ruminiyada Mutuning xayrlashuv uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda Trezege, Xasselbaynk, Makelele kabi o'tmishdagi yulduzlar qatnashdi
13 iyu 2022 08:05
Yangiliklar
Ruminiyada Mutuning xayrlashuv uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda Trezege, Xasselbaynk, Makelele kabi o'tmishdagi yulduzlar qatnashdi
Hozirda “Rapid” ustozi sifatida faoliyat borayotgan Adrian Mutu 2016 yil butsasini mixga ilgan.
Sobiq hujumchi “CHelsi”, “Yuventus”, “Inter”, “Fiorentina” kabi mashhur jamoalar sharafini himoya qilgan.
Uning xayrlashuv o'yini esa yakshanba kuni Ruminiyaning Kluj shahrida o'tkazildi. Bahs Ruminiya afsonalari va jahon yulduzlari o'rtasida bo'lib o'tdi hamda unda jangovar durang qayd etildi – 3:3.
Jahon yulduzlari safida David Trezege, Jimmi Floyd Xasselbaynk, Klod Makelele, Luka Toni, Rikkardo Montolivo harakat qilgan bo'lsa, raqib jamoa tarkibidan Adrian Yenchi, Gabriel Tamash, Daniel Kirice kabi futbolchilar o'rin olgandi. 43 yoshli Mutu ikkala jamoa (taymlar davomida) safida maydonga tushdi.
Fikrlar