Osiyolik futbolchi La Liga klubiga o'tdi
16 sen 2020 18:02
Yangiliklar


Osiyolik futbolchi La Liga klubiga o'tdi
"Nyukasl" va Yaponiya terma jamoasi forvardi Esinori Muto faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettiradi.
28 yoshli o'yinchi "Eybar"ga Ispaniya chempionatining joriy mavsum so'nggiga qadar ijaraga berildi.
Muto "Nyukasl"ga 2018 yilda "Maync"dan o'tgandi. Yaponiyalik o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 10ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgandi.
Futbolchi Yaponiya terma jamoasida 2014 yildan beri o'ynaydi va bu vaqt davomida 29ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar