So’nggi yangiliklar

21:21Ўзбекистон МТЖ Тошкентда йиғинни бошлади. Кулаётган Бобир, хаёл сураётган Ҳожиакбар  4 21:00Эксклюзив интервью. Сречко Катанец: "10 та ўйиннинг барчасида ғалаба қозонмоқчимиз"   5 20:20Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким уч очкони осонгина бериб қўймайди. Суперлигамиз Малайзия чемпионатидан анча кучлироқ экан"  4 20:02"Ал Иттиҳод" ПСЖ ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади, here we go!  1 19:38Виктор Осимхеннинг янги жамоаси маълум  5 19:25Рустам Ашурматов: "КХДР терма жамоаси ҳақида тўлиқ маълумотга эга эмасмиз"  7 18:53"Реал"нинг яна бир футболчиси жароҳат олди ва 8 ҳафтага сафдан чиқди  1 18:22Гари Невилл: "Бугун топ-футболчилар МЮга ўтишни истамаяпти"  2 17:37Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   7 17:22Футзал. Венесуэла футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3 16:46Расман: Легионерлардан бири "Ал Насср" билан шартномасини бекор қилди  1 16:00⚡️Сречко Катанец бўлажак рақиб КХДР терма жамоаси ҳақида нималар деди?   7 15:49Де Росси маълумотни тасдиқлади  0 15:19"Ал Иттиҳод" "Арсенал" ярим ҳимоячиси бўйича расмий таклиф юборган  1 15:00⚡️Юсупов ёки Неъматов? Сентябрь ойидаги ўйинларда терма жамоа дарвозасини ким қўриқлайди? Катанец жавоб берди  18

Yana Sizni "zeriktirgan" mavzu... Yangiliklar

Yana Sizni "zeriktirgan" mavzu...

Millionlar o'yini bo'lmish futbolga qiziqmaydigan insonning o'zi bo'lmasa kerak. Ushbu ommaviy sport turi O'zbekistonga kirib kelganiga ham bir asrdan oshdi.

O'zbek futboli shu darajaga etishgunicha anchagina mashaqqatli yo'lni bosib o'tdi. O'smir va yoshlar terma jamoalarimiz muntazam ravishda dunyo birinchiligida ishtirok etib kelishmoqda. Afsuski, terma jamoalarimizning bu safargi ishtiroklari biroz omadsiz chiqdi. Avvaliga olimpiya terma jamoamiz Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kirita olmagan bo'lsa, ketidan o'smirlar terma jamoamiz. Undan o'tib yoshlarimiz ham muvaffaqiyatsizlikka uchradilar. Biz “pashshadan fil” yasamaylikda, ushbu futbolchilarimizning taqdiri haqida bosh qotiraylik.

Bundan bir necha yil avval Meksikada bo'lib o'tgan Jahon chempionatida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ishtirok etgandi. O'sha mundialda vakillarimiz ijobiy natija qayd etib, ko'pchilikda iliq taassurot qoldirgan. Endi savol tug'ilishi mumkin, xo'sh, o'sha qaxramoqlarimiz hozir qaerda? Ayni damda qaysi jamoalarda to'p tepishmoqda? Axir, o'sha futbolchilarni bizning ertamiz deb qaramaganmidik? Savollar ko'p, ammo javoblar turlicha. Meksika qahramonlarini yo'qolib qolishganiga nima sabab bo'ldi?

Meksika qahramonlari 2-3 nafar futbolchi emas, balki butun bir jamoa emasmidi? Ayni damda o'sha qaxramonlardan Abbos Maxstaliev, Timur Hakimov, Jasur Hakimov va Sardor Sobirxo'jaev oliy liga jamoalari safida to'p tepishmoqda. Bugun bu futbolchilar nega milliy terma jamoa safida emaslar? Ular o'zlari ustida ishlashdan to'xtadilarmi yoki biz ularning saviyalarini oliy ligamiz orqali ushlab tura olmadikmi? Bizni qiynayotgan savollar ko'p. Umid qilganimiz, Meksika qahramonlari yo'qolib qolgan bir paytda, hozirgi yoshlarimizning yo'qolib qolmasligiga kim kafolat beradi? Yoshlar terma jamoasi safida harakat qilgan Jasur Yaxshiboev “Paxtakor” tarkibida oliy liga bahslarida bir necha tur oldin debyut uchrashuvini o'tkazdi va muxlislarda yaxshi taassurot qoldirdi. O'z paytida Jaloliddin Masharipov, Jamshid Iskanderov, Javohir Sohibov bir paytlar Yaxshiboev kabi oliy ligada debyut qilishgandi. Ushbu futbolchilar ayni damda milliy terma jamoadan muntazam ravishda chaqiruv olmoqda. Ko'ryapsizmi, agar ularga oliy ligada ishonch bildirmasak ertaga yo'qotamiz. Meksika qahramonlariga mana shu ishonch va imkoniyat berilmadi.

Etiborimizni futbol maktablariga qaratsak. “Paxtakor”, "Nasaf", “Bunyodkor” va "Mashal" jamoalarida bolalar futboli bilan ishlash to'g'ri yo'lga qo'yilgan. Savol tug'ilishi mumkin, xo'sh, bizning O'zbekistonda 4ta jamoa bormi? Qolgan jamoalar nima, tomoshabinmi? Nega ularning futbol akademiyalari ishlamayapti? Nima uchun milliardlab byudjetga ega klublar hech bo'lmasa 300-400 million so'mini o'z bolalariga ishlatmayaptilar? Mening fikrimcha, oliy ligada ishtirok etuvchi har bir jamoaning akademiyasi bo'lishi kerak va bu PFL tomonidan jiddiy tartibda nazorat qilinishi kerak. Poydevori “mustahkam yurt qudratli bo'lur”, deb bejizga aytishmagan. SHuning uchun ham qolgan klublarimiz o'z poydevorlarini mustahkam qilsa maqsadga muvofiq bo'lardi. Buning uchun barcha shart sharoitlar etarli-ku? Futbol akademiyalari o'zlaridan kuchli futbolchilar etishtirib chiqmas ekan, bugungi saviyaga qanoat qilishdan boshqa choramiz yo'q.

Futbol maktablarida millionlar o'yiniga ilk qadamlarni qo'yayotgan bolakaylarni ko'rikdan o'tkazishadi. Ushbu ko'rikdan o'ta olgan ukalarimiz akademiyada qolishadi, o'ta olmaganiga esa murabbiylar boshqa kasbni tanla deya takidlashadi. Futbolga qizishi bois ilk qadamni qo'ygan bolakaydan murabbiy tomonidan natija talab qilinishi to'g'rimi?

Unisi ham mayli, endigina to'p tepishni boshlagan bolakayni ayrim saviyasiz murabbiylar 3 kun ko'rikdan o'tkazib “sendan futbolchi chiqmaydi, boshqa kasbni tanla”, deya bolakayni futbolga bo'lgan qiziqishini so'ndiradi. Kelajakda bunday murabbiylardan qanday natija kutish mumkin? Yana u etakchi klublardan birining futbol maktabi murabbiyi bo'lsa. Bu murabbiyning saviyasi past ekanligidan dalolat bermaydimi? Bularni murabbiy deb atashga ham til bormaydi. Aksincha bunday murabbiylarning o'zlari tegishli bo'lgan kurslarda o'qib o'z bilimini yanada oshirishi kerak.

Bizda qanchadan qancha iqtidorli yoshlar nomi ham chiqmagan jamoalarda bolalar ligasida ishtirok etishmoqda. Agarda klublarimiz selekciyasi ishlariga masul ishchilar yaxshiroq izlanishsa anchagina iqtidorli va qobiliyatli bolakaylarni topishi mumkin. Yosh futbolchilar klublar akademiyasini qidirib borishi kerak emas, balki klublarning o'zi iqtidorlarni qidirib topishi lozim.

Futbolga ilk qadamlarni qo'ygan yoshlardan kuchli, raqobatbardosh futbolchi etishtirib beradigan murabbiylar chiqmas ekan, mundiallarda katta natija talab qilmasak ham bo'laveradi. Buning uchun biz birinchi navbatda futbolchini emas, balki saviyali murabbiylarni tarbiyalab chiqarishimiz kerak.


Jahongir Sotvoldiev

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика