Yana bir maestro futboldan ketdi - Xaver Zanetti
11 may 2014 10:37
Yangiliklar
Yana bir maestro futboldan ketdi - Xaver Zanetti
Faoliyatining katta qismini Milanning “Inter” klubida o'tkazgan Xaver Zanetti kecha futboldan ketdi.
“Lacio” bilan bo'lgan uchrashuvda u oxirgi marta “Inter” libosida maydonga tushdi. O'yinda “neradzurrilar” 4:1 hisobida g'alaba qozonishdi.
Xaver Zanetti 1995 yildan beri faqat “Inter” sharafini himoya qilib keldi. U boshqa hech bir klub safiga o'tib ketmadi. 1999 yildan buyon esa jamoaga sardorlik qildi. U faoliyati davomida bir qator sovrin va yutuqlarni qo'lga kiritdi. Turli rekordlar sohibi bo'ldi.
Argentinalik futbolchiga oid rekordlar quyidagilar:
- “Inter” safida eng ko'p maydonga tushgan (856 o'yin)
- “Inter” tarixida eng ko'p sovrin yutgan (16ta sovrin)
- Argentina terma jamoasida eng ko'p o'yin o'tkazgan (145)
- “A” seriyada eng ko'p maydonga tushgan xorijlik futbolchi (613)
- Klublar o'rtasidagi jahon chempionatida gol urgan eng qariya futbolchi (37 yosh)
- Milan derbisida eng ko'p qatnashgan futbolchi (47)
Aytib o'tganimizdek, kecha bo'lib o'tgan “Inter” - “Lacio” o'yinidan so'ng argentinalik maestro futbolchilik faoliyatiga yakun yasadi. Uni kuzatish uchun “Inter”ning avvalgi prezidenti Massimo Moratti ham tashrif buyurdi. Zanetti so'z olib barchaga o'z minnatdorchiligini bildirdi va “Inter”da o'tkazgan damlar aslo yodidan o'chmasligini aytib o'tdi. Quyida taniqli futbolchining xayrlashuvidan fotolarni taqdim etamiz.
X.Xoliqov tayyorladi.

Fikrlar