So’nggi yangiliklar

20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  0 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  0 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  2 19:28"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини трансфер қилмоқчи  0 19:16Расман: Ўзбекистоннинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси "Қўқон-1912"га ўтди  1 19:00Конате Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 18:35Эшитдик-да! ЎФА Хорватия терма жамоаси собиқ устозига таклиф билан чиқди  36 18:05Топ-трансферлар вақти. "Арсенал" ва "Ливерпуль" "тезлигига" пулдан муаммоси йўқ "Ньюкасл" ҳам дош беролмаяпти   1 17:45"Истанбул Башакшеҳир" матбуот хизмати Аббос Файзуллаевнинг трансфери масаласида маълумот берди  3 17:26Украиналик мутахассис "Андижон" мураббийлар штабига қўшилди  6 17:10Расман: Болтабоев "Нефтчи"ни тарк этди  3 16:55"Сўғдиёна" ва "Бунёдкор" қирғиз клуби билан ўйнайди  0 16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0 16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  4 15:38Роналду – энг яхши!  27

Yakuba Bamba: " Faqat "Andijon" emas, Qo'qon-1912" ham "Paxtakor"ni mag'lub eta oladi" Yangiliklar

Yakuba Bamba: " Faqat "Andijon" emas, Qo'qon-1912" ham "Paxtakor"ni mag'lub eta oladi"

Superliganing 21-turi bir qator qiziqarli to'qnashuvlarga boy tarzda o'tmoqda.

Qo'qonda kechgan "Qo'qon-1912" - "Paxtakor" (4:2) uchrashuvi gollarga boy tarzda o'tdi. Keskinlik yuqori bo'lgan bahsda mezbonlarning gollaridan biriga Yakuba Bamba mualliflik qildi. FIFA kunlari munosabati bilan yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib Bambaga bir nechta savollar bilan yuzlandik.

- Ushbu uchrashuvdan oldin favorit "Paxtakor" jamoasi edi. Lekin o'yinni ko'rdikki, "Qo'qon-1912" raqibidan hech bir jabhada ortda qolgani yo'q. SHunday ekan uchrashuv haqidagi taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz?

- Biz juda yaxshi va muxlislarga yoqadigan o'yin ko'rsatdik. Futbolchilar maydonda maksimal darajada o'ynadi. Ishqibozlarimiz qarshisida g'alaba qozonishimiz muhim ekanligini bilardik. Qo'qonda o'tgan oldingi 2ta bellashuvda durang o'ynab ularni biroz ranjitib qo'ygandik. 

- Hozirga kelib hech bir klub "Paxtakor"dan qo'rqayotgani yo'q. Deylik "Andijon" o'z maydonida bu jamoani yutishni uddasidan chiqa olgandi...

- Ha, "Paxtakor"ning "Andijon"ga qarshi uchrashuvini ko'rdik. Faqat ular emas, biz ham g'alaba qozona olamiz. "Paxtakor" O'zbekistondagi eng yaxshi jamoa ekanligini hamma biladi. Har qanday klub singari ularda ham ustun va kamchiliklari bor. Bunday o'yinlardan oldin siz g'alabaga ishonishingiz kerak. Kamroq xatolarga yo'l qo'yish lozim. 

- Ushbu g'alabaning siri nimada?

- Mening fikrimcha butun jamoaning ko'rsatgan irodasi g'alabaning asosiy omili bo'ldi. 

- Buni sensaciyaga qiyoslash qay darajada o'rinli?

- O'yinni boshqarishga harakat qildik. Ikkita tezkor gollar urildi. Ikkinchi bo'limga esa juda yomon kirishdik, desam yanglishmayman. O'sha pallada boshimizni baland ko'tarib barchasini boshidan boshlashimiz lozim edi. Qolaversa muxlislar 90 daqiqa tinmay qo'llab-quvvatlab turishdi. SHu bois sensaciya demagan bo'lardim. 

Abdulaziz Iskandarov 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика