Xusayn Norchaev: "Debyutim omadli chiqqanidan xursandman"
27 fev 2023 17:39
Yangiliklar


Xusayn Norchaev: "Debyutim omadli chiqqanidan xursandman"
— Xusain, qo'lga kiritilgan g'alaba va gol urganingiz bilan tabriklaymiz! O'yin taassurotlari bilan o'rtoqlashing
— Tabrik uchun rahmat! Zafar quchsangiz, butkul o'zgacha, yoqimli hislar bo'ladi. Debyut o'yinidayoq o'yinga yaxshi qo'shila olib, gol urishga erishganimdan xursandman.
— O'yinga qo'shilib ketish qiyin bo'lmadimi?
— Unchalik qiyin bo'lmadi. Aslida, atrofdagi hamma meni qo'llab-quvvatlayapti, maslahat beryapti. Klubda ajoyib kollektiv jam bo'lgan va shu sababli ortiqcha muammolarga duch kelmadim.
— Adaptaciya jarayoni qanday kechmoqda?
— Jarayon yaxshi ketyapti. Meni yaxshi qabul qilishdi. Jamoaning har bir azosi bilan bemalol til topisha olyapmiz. "Alaniya" tarkibidaligimdan xursandman. Qo'llab-quvvatlashgani, yordam berishgani va iliq qabul qilishgani uchun barchaga tashakkur!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar