So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  3 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  3 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  3 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  8 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  15 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  29 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Mirjalol Qosimov faoliyati davomida amaldagi mamlakat prezidenti bilan to'p tepganini bilarmidingiz? Yangiliklar

Mirjalol Qosimov faoliyati davomida amaldagi mamlakat prezidenti bilan to'p tepganini bilarmidingiz?

Ular birgalikda "Spartak" gegemoniyasiga chek qo'yishgan.

OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov 1995 yilda Vladikavkazning "Alaniya" jamoasi safida amaldagi Gruziya prezidenti bilan birga o'ynagan.

O'tgan yilning dekabr oyida Gruziyadagi saylovchilar kollegiyasi Mixail Kavelashvilini mamlakat yangi prezidenti etib sayladi. "Gruziya orzusi" hukmron partiyasi tomonidan ilgari surilgan 53 yoshli deputat prezidentlik lavozimiga yagona nomzod edi. Gruziya markaziy saylov komissiyasi malumotlariga ko'ra, saylov komissiyasining 300 nafar azosidan 224tasi Kavelashviliga ovoz bergan.


Qizig'i shundaki, Kavelashvili siyosiy faoliyatini boshlashdan avval futbolchi bo'lgan. Mixail Kavelashvili 1971 yil 22 iyulda Gruziyaning Bolsini shahrida tug'ilgan. Futbolchilik faoliyatini Tbilisining "Lokomotiv”ida  boshlagan va faoliyati davomida Gruziya, Rossiya, Angliya va Shveycariya klublarida to'p tepgan. Kavelashvili Tbilisining "Dinamo" klubi bilan birga 6 marotaba Gruziya chempioni bo'lgan. 1995 yilda "Alaniya" safiga ko'chib o'tgan va Vladikavkaz klubi safida Rossiya chempioniga aylangan. Kavelashvili 24ta uchrashuvda ishtirok etib, 12ta gol urishga erishgan. 1996 yilda futbolchi "Manchester Siti"ga o'tadi. "Siti" mavsum yakunlariga ko'ra Chempionshipga ravona bo'ladi. Gruziyalik futbolchi "Siti"ning yangi mavsumd qaydnomasidan joy olmadi, sababi u Premer-Ligada etarlicha o'yinlarda ishtirok etmagani sababli birinchi divizionda maydonga tushish huquqidan mahrum bo'ladi. Shundan so'ng, "Siti" Kavelashvilini Shveycariyaning "Grassxopper" jamoasiga ijaraga beradi. Qahramonimiz faoliyatidagi keyingi mavsumlarni Shveycariyaning "Son", "Lyucern", "Cyurix", "Arau" va "Bazel" kabi jamoalarda o'tkazadi, ammo 2004 yilgi mavsumning ikkinchi qismini "Alaniya" safida ijarada o'tkazadi va bor-yo'g'i beshta o'yinda maydonga tushadi. Gruziya terma jamoasi safida 45 o'yinda maydonga tushgan va 9 marotaba raqib darvozasini ishg'ol etgan.


Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so'ng siyosiy faoliyatini boshlaydi. Mixail Kavelashvili 2015 yilda Gruziya futbol federaciyasi prezidentligiga nomzodini qo'yishni rejalashtirgan edi, ammo oliy malumoti yo'qligi sababli saylovda ishtirok eta olmagan. Hukmron "Gruziya orzusi" partiyasidan Gruziya parlamentining IX, X va XI chaqiriqlari deputati bo'lgan. 2016-2022 yillarda parlamentning Sport va yoshlar ishlari qo'mitasi raislik vazifasini bajargan. 2022 yilda Kavelashvili va "Gruziya orzusi"ning boshqa azolari G'arbga qarshi keskin ritorikasi bilan ajralib turadigan "Xalq kuchi" nomli alohida parlament frakciyasini tashkil etishdi. 2024 yilda u o'z partiyasi tomonidan Gruziya prezidentligiga nomzod etib ko'rsatildi.


OKMKning "Dinamo"ga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovdan sobiq jamoadoshi va amaldagi Gruziya prezidenti haqida so'radim.

- Mirjalol Qo'shoqovich sizga bir savolim bor edi.

- Xo'sh.

- Xabaringiz bor bo'lsa kerak, "Alaniya"da siz bilan birga to'p tepgan Mixail Kavelashvili dekabr oyida Gruziyadagi prezident saylovlarida g'olib bo'ldi. Kavelashvili bilan 1995 yilgi mavsumda birga to'p tepgansizlar. Aynan o'sha mavsumda "Alaniya" chempionlikni qo'lga kiritgandi. Kavelashvili 12ta gol bilan jamoa to'purari bo'lgan. Siz esa o'sha mavsumda jamoaning eng sermahsul o'yinchisi bo'lgansiz(10ta gol + 12ta assist). O'sha mavsum va Kavelashvili bilan birga o'ynash qanday bo'lgan edi? Shu haqda biroz aytib bera olasizmi?

- Ha, Mishani eslayman. Biz o'sha mavsumda chempion bo'lgandik. Yaxshi hujumchi edi, o'ta yuqori texnikaga ega tezkor. Bilasanmi, o'sha mavsumda "Alaniya" safida gruziyalik futbolchilar ko'p edi va aynan o'sha avlod juda kuchli bo'lgandi. Barcha gruzinlar yuqori texnikali va mahoratli edilar. Kavelashvili "Alaniya"dan so'ng Shveycariyaga ketgan edi.

- "Alaniya"dan keyin ham Kavelashvili bilan gaplashib turganmisizlar? Hozir u bilan aloqangiz bormi?

- Yo'q. U siyosatchi-ku, biz esa oddiy inson bo'lsak. Balki O'zbekistonga kelib qolsa, bizni ham chaqirar (hazillashadi — tahririyat).


Endi biroz "Alaniya" jamoasining 1995 yilgi mavsumiga to'xtalsak. Vladikavkazning "Alaniya" jamoasi 1995 yilgi Rossiya chempionati oltin medallarini qo'lga kiritadi. Valeriy Gazaev boshchiligidagi jamoa "Spartak"ning gegemonligiga chek qo'yadi. Jamoa mavsum davomida 22ta uchrashuvda g'alaba qozonib, 71 ochko bilan musobaqa jadvalining eng yuqori pog'onasidan joy oladi.

O'sha mavsumda "Alaniya" tarkibida Kavelashvilidan tashqari Murtazi Sheliya va Iosiya Grishikashvili kabi gruziyalik futbolchilar jamoa tarkibida bo'lishgan. Murtaziya Sheliya ham Kavelashvili kabi "Alaniya"dagi muffavaqiyatli mavsumlaridan so'ng "Manchester Siti"ga ko'chib o'tgan.

Valeriya Gazzaev jamoasi o'sha mavsumda ajoyib tarkibga ega bo'lgan. Omari Tetradze, Baxva Tedeev, Igor Yanovskiy va Nazim Suleymanov kabi futbolchilar Qosimov bilan birga Rossiya chempionligini qo'lga kiritishgan.



Qosimovning tarixiy goli

1995 yili 12 sentyabr kuni UEFA Kubogi doirasida "Liverpul" bilan to'qnash keladi. Uchrashuvning 20-daqiqasida mersisaydliklar himoyachisi Mark Rayt raqibini qo'pollik ishlatgan holda to'xtatadi va bosh hakam "Liverpul" darvozasi tomon jarima zarbasi belgilaydi. Mirjalol Qosimov esa ajoyib zarbasi bilan darvozani ishg'ol etadi. Vladikavkaz jamoasi birinchi bo'lib hisobni ochganiga qaramay, yakunda inglizlar 2:1 hisobida g'alaba qozonishadi. Angliyada o'tkazilgan javob uchrashuvida esa 0:0 hisobi qayd etiladi.




Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика