"Arsenal" sobiq futbolchisi: "Menimcha Slotga Rojdestvogacha imkoniyat berilsa kerak"
29 noy 2025 01:14
Yangiliklar
"Arsenal" sobiq futbolchisi: "Menimcha Slotga Rojdestvogacha imkoniyat berilsa kerak"
"Arsenal" sobiq futbolchisi Alan Smitning fikriga ko'ra, chempionlik mavsumidan keyin "Liverpul" va "Lester"ning holati bir xil bo'lib turibdi.
"Chempionat g'olibligidan keyin murabbiyga bo'lgan ishonch yuqori bo'ladi. Ko'plab muxlislarning fikri o'zgarayotgani ajablanarli holat, lekin bu "Liverpul" muxlislariga bog'liq emas. "Nottingem"dan uchralgan mag'lubiyat ishonchning so'nggi tomchilarining to'kilishiga ham sabab bo'ldi. Agarda jamoa mag'lub bo'laversa, rahbariyat choralar ko'rishga majbur bo'ladi.
"Lester" chempionlik mavsumidan keyin Ranerini istefoga chiqarganida ajablanganman. Hozirda o'sha holat "Liverpul"da ham bo'layotgandek.
Menimcha Slotga bo'lgan ishonch hali ham tugamagan. Rahbariyat Slotga Rojdestvogacha imkoniyat berilsa kerak deb o'ylayman, balki holat yaxshilanib qolar", - dedi "Arsenal" sobiq forvardi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar