So’nggi yangiliklar

08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  1 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  3 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  5 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  5 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  14 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  11 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5 19:51"Ливерпуль" Экитике трансфери бўйича музокараларни бошлайди  0 19:25"Бавария" Луис Диас учун 52 млн евро таклиф қилди  2

Xurshid Xo'jaev: "O'tkir ayni paytda O'zbekistonning eng kuchli golkiperi hisoblanadi" Yangiliklar

Xurshid Xo'jaev: "O'tkir ayni paytda O'zbekistonning eng kuchli golkiperi hisoblanadi"

Xabaringiz bor, tajribali darvozabon Xurshid Xo'jaev Turkiyadagi o'quv-mashg'ulot yig'ini oldidan jamoamiz bilan shartnoma imzoladi.

SHundan so'ng, futbolchi “Navbahor” PFK matbuot xizmati uchun qisqacha intervyu berdi. Quyida mazkur suhbatni etiboringizga havola etamiz.

– Xurshid, avvalo “Navbahor”ga xush kelibsiz? Jamoamiz safiga qo'shilishingiz qay tarzda yuz berdi?

- Assalomu alaykum. Tabrik uchun rahmat. Meni “Navbahor”ga jamoa bosh murabbiyi Samvel Vyacheslavovich Babayan va darvozabonlar murabbiyi Anton Mayeranov taklif qilishdi. “Navbahor”da oldin ham o'ynaganim, jamoa menga begona bo'lmaganligi bois, ushbu taklifni ikkilanmay qabul qildim. Bundan tashqari, yangi mavsumda “Navbahor”ning ambiciyalari yuqori. Jamoa o'tgan yili chempionlik, shuningdek, O'zbekiston kubogini qo'lga kiritish uchun kurashdi va Osiyo CHempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Bo'lajak mavsumda ham “Navbahor”ning o'z oldiga yuksak maqsadlar qo'yganligi jamoaga o'tishimga sabab bo'ldi.

- “Navbahor”da O'tkir Yusupov asosiy darvozabon hisoblanadi. SHuningdek, u O'zbekiston terma jamoasi posboni ham sanaladi. Yusupov bilan raqobatlashishdan cho'chimaysizmi?


- Albatta, O'tkir Yusupovning tajribali darvozabon ekanligiga shubham yo'q. U yurtimizning eng kuchli posbonlaridan biri ekanligini o'tgan mavsumda milliy terma jamoamiz va “Navbahor”dagi o'yinlari orqali isbotladi.

Albatta, har bir futbolchi maydonga tushishni xohlaydi. Lekin men uchun asosiysi, jamoa g'alabasi. Vaqti kelib, holat shuni talab qilsa, zarurat tug'ilsa, jamoaga yordam berishga tayyorman.

Raqobat borasida to'xtaladigan bo'lsam, Allohga tavakkal qilish kerak. Oldin faoliyat yuritgan klublarimda ham mendan kuchli darvozabonlar bo'lgan. Biroq futbolda har xil holatlar yuz berib turadi. O'tkir ayni paytda O'zbekistonning eng kuchli golkiperi hisoblanadi.

- Jamoamiz muxlislariga qanday tilaklaringiz bor?


- “Navbahor”da 2014-2015 yillar faoliyat yuritganligim bois, jamoa muxlislarini juda yaxshi bilaman.

Bo'lajak mavsumda “Navbahor” ishqibozlarini xursand qilish, ularga yorqin g'alabalar tortiq etish niyatidamiz.

Bizning malumot
Xurshid Xo'jaev – 1988 yil, 14 fevralda Qo'qon shahrida tug'ilgan.
Futbol bilan 10 yoshidan shug'ullanishni boshlagan.
Birinchi murabbiylari: Narimon Asanov va Rifat Hasanov.
Ampluasi: darvozabon.
Qo'qondagi futbol maktab-internatini tamomlagan.
Futbolchilik faoliyati: “Neftchi” (Farg'ona, 2012-2013 yillar), “Navbahor” (Namangan, 2014-2015 yillar), “Andijon” (Andijon, 2016, 2022 yillar), AGMK (Olmaliq, 2017-2018 yillar), “Buxoro” (Buxoro, 2019 yil), “Istiqlol” (Farg'ona, 2020 yil), “Qo'qon-1912” (Qo'qon, 2021 yil).
2023 yildan “Navbahor”da.
Oilali. Uch farzandning otasi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика