Xulen Lopetegi: "Pikening terma jamoaga sodiqligiga shubha qilmayman"
10 okt 2016 14:17
Yangiliklar
Xulen Lopetegi: "Pikening terma jamoaga sodiqligiga shubha qilmayman"
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi Pikening ketish haqidagi gaplariga o'z munosabatini bildirdi.
"Pikening terma jamoadan ketish haqidagi gaplariga izoh berish shart emas. Menimcha, Pike bu gaplarni jiddiy ohangda aytmagan. Pikeni tushunaman va shuni aytmoqchimanki, Italiya va Albaniyaga qarshi o'yinlarda futbolchi o'zini yaxshi taraflama ko'rsatdi. Pike Ramos bilan birga eng yaxshi futbolchilardan biri bo'ldi. Boshqa bu mavzuda gapirishga hojat yo'q. Keling shoshilmaymiz. Tezda xulosa qilmaganimiz maqul hozircha. Keyinchalik nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi", - dedi Lopetegi.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" klubi himoyachisi Jerard Pike JCH-2018dan so'ng terma jamoadan ketishi haqida malum qilgandi.
Fikrlar