Dahshatli avtofalokatga uchragan Maykl Antonioning holati bo'yicha malumot berildi
14 dek 23:54
Yangiliklar
Dahshatli avtofalokatga uchragan Maykl Antonioning holati bo'yicha malumot berildi
Futbolchi 7 dekabr kuni o'z avtomashinasida yo'l transport xodisasiga uchragandi.
"Vest Xem" klubi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi jamoa hujumchisi Maykl Antonioning ayni damdagi holati bo'yicha malumot berdi.
"Eng muhimi u tirik, bu esa yaxshi. Uning hozirgi holati qoniqarli. Maykl son suyagini sindirib oldi, ammo u aniq tiklana oladi. Eng muhim o'yinchimizni yo'qotganimizdan qanchalik hafa bo'lsak, uning tiklana olishidan shunchalik xursandmiz. Bir oydan keyin u tiklanib, maydonga qayta olishiga ishonamiz. Avvalo, erkak bo'lish kerak, keyin esa futbolchi", -deydi Xulen Lopetegi.
Avvalroq, Antonio kamida bir yil futbol o'ynamasligi haqida xabar berilgandi.
Malumot uchun, Maykl Antonio ushbu mavsum 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, bittidan gol va assist qayd etdi.
Fikrlar