Xuan Mata: Qog'ozda quyi liga jamoasini mag'lub etish oson ko'rinadi
26 jan 2015 23:10
Yangiliklar


Xuan Mata: Qog'ozda quyi liga jamoasini mag'lub etish oson ko'rinadi
"Manchester Yunayted" futbolchisi Xuan Mata "Kembridj" jamoasiga qarshi kubok o'yini oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Juma kuni biz Kubok doirasidagi "Kembridj"ga qarshi o'yinda durang o'ynadik. O'yin juda keskin va qiyin kechdi. Qog'ozda quyi liga vakilini mag'lub etish osondek ko'rinishi mumkin. Lekin maydonda hammasi boshqacha. O'tgan haftada Angliya Kubogini bir yo'la ikki grand jamoa tark etgani ham fikrimga misol bo'la oladi. Angliya Kubogi syurprizlarga boy. Buni unutmaslik zarur.

Fikrlar