Xoylund "Manchester Yunayted"dan ketishga shoshilmayapti
08 avg 2025 20:15
Yangiliklar
Xoylund "Manchester Yunayted"dan ketishga shoshilmayapti
"Manchester Yunayted"ning daniyalik hujumchisi Rasmus Xoylund "Leypcig"ga o'tish taklifini rad etdi.
"TalkSPORT" xabariga ko'ra, 22 yoshli futbolchi Germaniyaning "Leypcig" klubiga o'tishni xohlamagan. Xoylund yo Tumanli Albionda o'ynashda davom etmoqchi yoki o'zi o'ynagan "Atalanta"ga qaytmoqchi.
Eslatib o'tamiz, "qizil iblislar" skandinaviyalik forvardni 45 million evroga sotishga tayyor. Matbuotda Xoylundga "Milan", "Napoli" va Saudiya Arabistoni jamoalari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Eslatib o'tamiz, Rasmus Xoylund o'tgan mavsum "Manchester Yunayted" safida Angliya chempionatida 32 o'yin o'tkazib, 4 ta gol urgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar