

JCH, 1/8 final
Portugaliya - Ispaniya 0:1
Gollar: 90+1 - Mikel Merino
Portugaliya: 1. Diogu Koshta, 20. Joau Kanselu (5. Diogu Dalot, 71’), 3. Ruben Diash, 13. Renatu Veyga, 25. Nunu Mendesh (2. Nelson Semedu, 56’), 15. Joau Nevesh, 23. Vitinya (10. Bernardu Silva, 83’), 8. Brunu Fernandesh, 18. Pedru Netu (26. Shiku Konseysau, 83’), 7. Krishtianu Ronaldu, 11. Joau Feliks (17. Rafael Leau, 71’).
Zaxira: 12. Joze Sa, 22. Ruy Silva, 4. Tomash Arauju, 14. Gonsalu Inasiu, 6. Mateus Nunesh, 24. Samu Koshta, 21. Ruben Nevesh, 16. Fransishku Trinkau, 9. Gonsalu Ramush, 19. Gonsalu Gedesh.
Ispaniya: 23. Unay Simon, 12. Pedro Porro, 22. Pau Kubarsi, 14. Emerik Laport, 24. Mark Kukurelya, 16. Rodri, 20. Pedri (8. Fabian Ruis, 85’), 10. Dani Olmo (6. Mikel Merino, 85’), 19. Lamin Yamal, 15. Aleks Baena (7. Ferran Torres, 75’), 21. Mikel Oyarsabal (26. Borxa Iglesias, 90+7’).
Zaxira: 1. David Rayya, 13. Joan Garsiya, 2. Mark Pubil, 3. Alexandro Grimaldo, 4. Erik Garsiya, 5. Markos Lorente, 9. Gavi, 18. Martin Subimendi, 11. Yeremi Pino, 17. Niko Uilyams, 25. Viktor Munos.
Ogohlantirishlar: 89 - Bernardu Silva, 90+4 - Renatu Veyga, 90+9 - Ferran Torres
90+10. O'yin yakunlandi, Ispaniya - chorak finalda!
90+10. Jarima zarbasidan uzatilgan to'pni Nevesh darvozaga noaniq yo'lladi.
90+7. Havolatib uzatilgan to'pni Bernardu bosh bilan darvozaga yo'lladi, ammo noaniq bo'ldi…
90+5. Portugaliya bor kuchi bilan oldinga o'tmoqda.
90+2. Vaqt juda kam qoldi, ulguradimi Portugaliya?

90+1. GOL! Merino hisobni ochdi! Ferranning uzatmasini Mikel darvozaga aniq yo'lladi!
90. O'yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.
79. Yamalning ajoyib uzatmasini Torres sherigiga bermoqchi bo'ldi, portugaliyalik himoyachilar xavfni bartaraf etishdi.
76. Brunoning kuchli zarbasi biroz noaniq bo'ldi…
73. Yamalning jarima zarbasidan tepgan to'pini Koshta urib yubordi.
68. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.
65. Baenaning zarbasidan so'ng to'pni Koshta ushlab oldi.
61. Pedrining uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.
59. Ronaldu o'ziga noqulay vaziyatdan zarba berdi, to'pni Simon ushlab oldi.
🔄 56. Bo'ldi, Mendesh chiqib ketdi, o'rniga Semedu o'yinga qo'shildi.
🏥 54. Mendesh jarohat olgan bo'lishi mumkin… unga nisbatan maydonda tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.
51. Netu o'ngdan yaxshi yurish qilib to'pni markazga uzatdi, biroq yakuniy zarbani beradigan futbolchi topilmadi.
49. Kanselu zarba berish uchun yaxshi vaziyatga chiqib borgandi, biroq na uzatmaga o'xshash, na zarbaga o'xshash to'pni yo'naltirishi samarasiz bo'ldi.
🕛 46. Ikkinchi bo'limga start berildi!
🕘 45+6. Dastlabki bo'lim yakunlandi.
45+2. Yamal yaxshi vaziyatga chiqib borib, darvozaga zarba berdi, ammo o'ta noaniq bo'ldi. Qo'shimchasiga bu vaziyatda offsayd bo'lgan ekan.
45. Birinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.
45. Rodrining zarbasi anchagina noaniq bo'ldi.
41. Mendeshning darvoza tomon yo'llagan kuchli zarbasidan so'ng to'p rekoshetga uchradi va to'singa tegib qaytdi!
37. Feliksning uzatmasidan so'ng to'pni Ronaldu darvozaga yo'lladi, Simon qaytardi!
34. Olmoning darvozaga juda yaqin masofada markazroq bergan uzatmasiga yakuniy zarbani beradigan sherigi topilmadi.
31. Pedrining zargarona uzatmasidan so'ng darvozabon to'pni qaytardi, so'ng Olmo bosh bilan zarba berdi, ammo noaniq bo'ldi…
23. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.
21. Kanseluning jarima maydonchasi tashqarisidan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.
16. Dahshat zarbalar va Koshtadan super seyvlar! Dastlab Yamalning zarbasini qaytargan Diogu, so'ng Baena tepgan to'pni ham qaytara oldi!
14. Baenaning zarbasi anchagina noaniq bo'ldi.
12. Ronalduning xavfli zarbasidan so'ng to'pni Simon qaytardi!
8. Oyarsabal darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib zarba berdi, ammo to'p noaniq ketdi! Dahshat vaziyat edi…
7. Endigi zarba Kanselu ijrosida bo'ldi, biroq noaniq ketdi zarba.
3. Oyarsabalning kuchli zarbasini Koshta ushlab oldi.
🕛 1. Super to'qnashuv boshlandi!
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Jahon chempionatining 1/8 final bosqichi doirasidagi Portugaliya - Ispaniya bahsining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!



