Donald Tramp: "Men Keyn bilan golf o'ynaganman, u menga juda yoqdi. U buyuk futbolchi, golfni ham qoyillatib o'ynaydi"

Aslanov Jasurbek
6 iyul 2026, 23:47
AQSH prezidenti Donald Tramp Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keynning o'yinini yuqori baholadi.

JCH-2026 1/8 finalida Angliya terma jamoasi Meksikani 3:2 hisobida mag'lub etdi. Keyn o'yinda gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.

"Men kecha Meksika va Angliya o'rtasidagi o'yinni tomosha qildim, naqadar o'yin bo'ldi! Men futbolchilarni unchalik tanimayman, lekin Keyn – buyuk o'yinchi deb hisoblayman.

Men u bilan golf o'ynaganman, u menga juda yoqdi. U golfni ham qoyillatib o'ynaydi. Menda bu o'yinni ko'rish uchun hech qanday sabab yo'q edi, lekin undan ko'z uzishning iloji bo'lmadi", – dedi Tramp.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: CTV News