Xosep Gvardiola: "Bavariya"ning ko'plab futbolchilari "Oltin to'p"ga loyiq"
02 dek 2014 00:39
Yangiliklar


Xosep Gvardiola: "Bavariya"ning ko'plab futbolchilari "Oltin to'p"ga loyiq"
"Bavariya" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Oltin to'p" va bundesliga borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Bundesliga qiziqarsiz chempionat emas. "Bavariya" juda katta jamoa. Lekin biz g'alabalarga juda ko'p mehnatlar evaziga erishmoqdamiz. Germaniya chempionatida osonlikcha qo'lga kiritiladigan g'alabalar bo'lmaydi. "Oltin to'p" har yili eng asosiy mavzuga aylanib bormoqda. Albatta, "Bavariya"ning ko'plab futbolchilari ushbu sovringa loyiqlar. Ronaldo va Messi ham ushbu ruyxatga kirishadi. Lekin shuni aytish joizki, butun sayyora mundialda nemislar nimalar qilganini ko'rdi.

Fikrlar