So’nggi yangiliklar

13:05Қисқа вақтда Осиёни ўзига қаратган "Бунёдкор" — 20 ёшда  2 12:45ОКМК "Машъал"ни кичик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 12:23Opta: Клублар ўртасидаги ЖЧда ПСЖ фаворит ҳисобланмоқда  4 11:48Факт: "Динамо" Самарқандда 17 йилдан буён "Насаф"ни юта олмаяпти  0 11:22Балотелли Шимолий Америкага йўл олиши мумкин  0 10:45"Жар"даги жанг: Саҳна тайёр, роллар тақсимланган, навбат спектаклга   19 10:17Алонсо ПСЖга қарши учрашув ҳақида фикр билдирди  20 09:45"Пахтакор" легионери ёзда жамоани тарк этади  3 09:08"Навбаҳор"нинг собиқ легионери фаолиятини "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  1 08:34Мусиала қанча муддатга сафдан чиққани маълум  7 08:05Суперлига. ОКМК минимал ҳисобда, "Бунёдкор" эса ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  0 07:57Суперлига. Бугун иккита супер учрашув бор  13 07:25МЛС. ЖЧдан қайтган "Интер Майами" рақибини йирик ҳисобда мағлуб этди. Мессидан 2+1  8 03:03Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" "Боруссия"ни мағлуб этиб, ярим финалга чиқди, финал йўлидаги рақиб — ПСЖ  25 01:50"Арсенал" ва Мадуэке шартнома борасида келишиб олди. "Челси" билан музокаралар яқин кунларда бошланади  3

Xose Mendez: "Osiyo chempionatiga eng yaxshi holatda etib kelishga harakat qilamiz" Yangiliklar

Xose Mendez: "Osiyo chempionatiga eng yaxshi holatda etib kelishga harakat qilamiz"

Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda o'tkazgan yig'inga Gruziya milliy terma jamoasi bilan o'yinlar orqali yakun yasadi.
Gruzinlar bilan bo'lib o'tgan ikkinchi uchrashuvdan so'ng terma jamoamiz bosh murabbiyi Xose Mendezdan intervyu oldik.
"Toshkentdagi o'quv-yig'in mashg'ulotimiz davomida 26 nafar futzalchini ko'rdik. Ular menda yaxshi taassurot qoldirishdi.

Gruziya terma jamoasi bilan o'tkazilgan o'yinlar Qirg'izistonga qarshi o'tgan bahslardan ko'ra menga ko'proq yoqdi. Evropa qitasi vakillari bilan o'yinlarda 15 nafar o'yinchi ishtirok etdi, ular ayni paytda eng yaxshilardir. Qirg'iziston bilan o'yinlarda yangi taktikada endigina o'ynashni boshlagan edik, kechagi va bugungi o'yinlarimiz esa menga juda ham yoqdi. SHunga qaramay, qilishimiz kerak bo'lgan ishlar ko'p, Osiyo chempionatiga qadar maksimal darajada tayyorgarlik ko'rishimiz uchun vaqtimiz bor.

Alohida o'yinchilarni ko'rsatishni istamasdim, chunki bunga odatlanmaganman. Terma jamoaga yangi qo'shilgan futzalchilar ham yaxshi taassurot qoldirishdi. Masalan, Ilhom Hamroev kecha ham, bugun ham ijobiy tomonlarini namoyish etdi.

Dilshod Raxmatovning jarohati unga Gruziyaga qarshi o'ynash imkonini bermadi. Oxirgi ikki o'yinimizda Raxmatovdan tashqari, Artur Yunusov, Maqsud Fayzullaev va Dilshod Irsalievlar ham ishtirok eta olishmadi. Bu to'rt futzalchi bizning asosiy o'yinchilarimizdan, lekin ularsiz ham Gruziyadek kuchli raqibni mag'lub eta olganimiz meni xursand qildi. CHunki bu narsa bir yoki ikkita futzalchiga bog'liq emasligimizni ko'rsatib turibdi. O'ylashimcha, ular qaytgandan keyin jamoamiz yanada kuchayadi.

Keyingi rejalarimizga keladigan bo'lsak, hozir yigitlarga dam beriladi. CHunki biz bir oy davomida yig'in o'tkazdik, hamma juda charchagan. Avgust oyidan tayyorgirlikni davom ettiramiz va Osiyo chempionatiga eng yaxshi holatda etib kelishga harakat qilamiz".
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика