“Xorazm” bosh murabbiyi: “Tanaffusda shogirdlarimga har ikki jamoa bir xil sharoitda o'ynayotganligini tushuntirdim”
07 avg 2019 22:52
Yangiliklar


“Xorazm” bosh murabbiyi: “Tanaffusda shogirdlarimga har ikki jamoa bir xil sharoitda o'ynayotganligini tushuntirdim”
Bugungi uchrashuvning birinchi bo'limini qiyin o'tkazdik. Havo issiq bo'lganligi tufayli shogirdlarim futbol o'ynashda qiynalishdi. Bugungi o'yinga raqib jamoani o'yin uslubidan kelib chiqib, alohida tayyorgarlik ko'rgan edik. Bugun shogirdlarim bir-birlariga yaqin turgan xolda o'yin tashkil etishdi.
Birinchi bo'lim ikkinchisidan farq qildi. Negaki, havo salqinlashdi va o'z-o'zidan maydonda yugurish osonlashdi. Ikkinchi bo'limda jamoamiz futbolchilari maydonga moslashishdi. Tanaffusda shogirdlarimga har ikki jamoa bir xil sharoitda o'ynayotganligini, astoydil harakat qilib yutishimiz lozimligini tushuntirdim. Ayni damda uy o'yingohimizda tamirlash ishlari olib borilmoqda, maqsadimiz bitta – nasib bo'lsa mavsum yakunida Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritish – deydi Aleksandr Ejov.
Bekzod Tolibov yozib oldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar