“Xorazm” bosh murabbiyi: “Tanaffusda shogirdlarimga har ikki jamoa bir xil sharoitda o'ynayotganligini tushuntirdim”

Narzulla Saydullayev
7 avg 2019, 22:52
“A” Pro-Liga 14-turidan o'rin olgan “Iftixor”- “Xorazm” (1:4) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Ejov “championat.asia” saytiga intervyu berdi.

Bugungi uchrashuvning birinchi bo'limini qiyin o'tkazdik. Havo issiq bo'lganligi tufayli shogirdlarim futbol o'ynashda qiynalishdi. Bugungi o'yinga raqib jamoani o'yin uslubidan kelib chiqib, alohida tayyorgarlik ko'rgan edik. Bugun shogirdlarim bir-birlariga yaqin turgan xolda o'yin tashkil etishdi.

Birinchi bo'lim ikkinchisidan farq qildi. Negaki, havo salqinlashdi va o'z-o'zidan maydonda yugurish osonlashdi. Ikkinchi bo'limda jamoamiz futbolchilari maydonga moslashishdi. Tanaffusda shogirdlarimga har ikki jamoa bir xil sharoitda o'ynayotganligini, astoydil harakat qilib yutishimiz lozimligini tushuntirdim. Ayni damda uy o'yingohimizda ta'mirlash ishlari olib borilmoqda, maqsadimiz bitta – nasib bo'lsa mavsum yakunida Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritish – deydi Aleksandr Ejov.


Bekzod Tolibov yozib oldi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia