

O'yin haqida
- Avvalo raqib jamoani g'alaba bilan tabriklayman. Bizda o'zimizga bo'lgan ishonch yetishmayapti. Bundan tashqari yo'qotishlarimiz bor. Jarohatlar va diskvalifikaciyalar o'yinimizga ta’sir ko'rsatmasdan qolmaydi. G'alaba qozonish uchun tayyorlandik, harakat qildik. Lekin, aytib o'tganimdek natijaga ta’sir ko'rsatadigan jihatlar ham bor.
- Jamoa o'z maydonida gol ura olmaganiga sabab nima?
- Bu ishonch bilan bog'liq. Vaziyatlar ko'p yaratayapmiz. E'tibor bergan bo'lsangiz, so'ngi yakunlovchi zarbalarda oqsayapmiz. Futbolda ruhiyat va ishonchning o'rni muhim. Shuningdek, tarkibdagi yo'qotishlar sabab to'liq kuch bilan o'ynay olmayapmiz.
- Jamoa bosh murabbiyi Xakim Fuzaylov ikkinchi bo'limda zaxira o'rindig'ida ko'rinmaganini qanday izoxlaysiz?
- Bosh murabbiy bilan hammasi joyida. Bu borada muammo yo'q.



