Vali Sultonov: "Oxirgi turdan so'ng hammasi hal bo'ladi"

27 noya 2026, 20:16
Superliga 29-turdan o'rin olgan "Qo'qon-1912" – "Xorazm" uchrashuvidan so'ng "Xorazm" bosh murabbiyi Vali Sultonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?
- Bugungi g'alaba bilan barcha muxlislarimizni, Xorazm xalqini va klubimiz rahbariyatini tabriklayman. Bugungi bahs juda qiziq o'tdi. Futbolchilar berilgan ko'rsatmalarni to'liq bajarishdi. Qo'qon jamoasiga ham omad tilayman. Oldinda bitta uchrshuv qoldi, shunga tayyorgarlik ko'rib yana g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

- O'tish o'yinlari ham qiziq kechishi kutilyapti. Superliga klubi oxirida Proliga klubi bilan o'ynaydi. Shu haqda fikringiz?
- O'tish o'yinida qatnashamizmi-yo'qmi, bilmaymn, chunki oldimizda yana bitta o'yin bor. Oxirgi turdan so'ng hammasi hal bo'ladi. Bizning maqadimiz qay yo'l bilan bo'lmasin jamoani Superligada olib qolish. Barcha jamoalarga omad tilayman.

O'xshash yangiliklar

Manba: championat.asia