Xoland transferi: "Real" "Barsa"da bu xarid uchun pul yo'q deb hisoblaydi
02 apr 2021 21:47
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/628614_original.jpg)
![](/upload/storage/628614_220.jpg)
Xoland transferi: "Real" "Barsa"da bu xarid uchun pul yo'q deb hisoblaydi
"Barselona"ning dortmundning "Borussiya"si hujumchisi Erling Xoland vakillari bilan uchrashuvga "Real"dagilar qanday munosabatda ekanligi haqida xabar berildi.
Onda Cero xabariga ko'ra, "qirollik klubi"dagilar transfer qiymati 150 million evroga baholanayotgan 20 yoshli norvegiyalikni sotib olish uchun kataloniyaliklarda pul yo'q deb hisoblashadi.
"Real" vakillarining fikricha, "Barsa" "o'yinda" faqatgina transfer narxini oshirish uchun ishtirok etyapti deb hisoblashmoqda.
"Barselona"dagilar esa vaziyatga ijobiy ruhda qarashmoqda. Klubdagilar futbolchining otasi Alf-Inge Xoland va agenti Mino Rayola bilan o'tgan uchrashuvdan mamnun. "Barsa" futbolchining transferini amalga oshirish mumkinligiga ishonadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar