Xoland terma jamoa o'yinlarini o'tkazib yuboradi
04 okt 2021 19:27
Yangiliklar
Xoland terma jamoa o'yinlarini o'tkazib yuboradi
Erling Xoland jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Turkiya va CHernogoriyaga qarshi o'yinda Norvegiyaga yordam bermaydi. Bu haqda iqtidorli forvard o'zining tvitterdagi sahifasida xabar berdi.
"Afsuski, terma jamoada o'ynashga tayyor emasman. Agar maydonga tushsam, bundan xursand bo'lardim. Qanday natija qayd etmasin, Norvegiya terma jamoasiga omad tilayman", — deb yozadi Xoland.
Eslatib o'tamiz, Erling "Borussiya Dortmund"ning uchta o'yinini mushaklaridagi muammo tufayli o'tkazib yuborgandi. Xolandsiz "asalarilar" ikkita g'alaba va bitta mag'lubiyat qayd etdi.
Fikrlar