"Istanbul Bashakshehir" matbuot xizmati Abbos Fayzullaevning transferi masalasida malumot berdi
17 iyu 2025 17:45
Yangiliklar
"Istanbul Bashakshehir" matbuot xizmati Abbos Fayzullaevning transferi masalasida malumot berdi
Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubi matbuot xizmati Moskvaning CSKA klubi yarim himoyachisi Abbos Fayzullaevning ehtimoliy transferi haqida to'xtalib o'tdi.
"Bizda bu borada hech qanday malumot yo'q. Ayni paytda Avstriyada mavsumga tayyorgarlik ko'ryapmiz", – dedi klub matbuot xizmati.
Avvalroq OAVda "Istanbul Bashakshehir" va CSKA O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi transferi bo'yicha kelishib olgani haqida xabarlar tarqalgandi.
OAV malumotlariga ko'ra, futbolchining transfer summasi 7 million evro bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, 21 yoshli futbolchining "armiyachilar" bilan shartnomasi kelasi yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali uni 8 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar