Xoakin Korrea "Lacio"dan PSJga o'tishi mumkin
26 iyu 2021 14:30
Yangiliklar
Xoakin Korrea "Lacio"dan PSJga o'tishi mumkin
"Lacio" hujumchisi Xoakin Korrea yozgi transfer oynasida klubni tark etishi mumkin.
26 yoshli argentinalik futbolchi uchun PSJ davogarlik qilmoqda. O'yinchining agenti Alessandro Luchchi Parij klubi sport direktori Leonardo bilan yaxshi ish munosabatlarga ega.
Rim klubi o'yinchining sotuvidan 40 million evro ishlab olishni xohlamoqda.
Korrea o'tgan mavsum "Lacio" tarkibida 38ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 5ta assist qayd etdi.
Fikrlar