So’nggi yangiliklar

07:48Анчелотти «Эл Классико»даги йирик мағлубият сабабини маълум қилди  1 06:05"Эл класико". "Реал Мадрид" – "Барселона" 2:5, "Барселона" ўтган йилги финал учун реванш олди  12 05:45Англия кубоги. "Арсенал" ўз иштирокини учинчи босқичда якунлади, "Манчестер Юнайтед" сафарда ғалаба қозонди  13 05:35А Серия. "Наполи" 15-ғалабасини қўлга киритди  0 05:25Лига 1. ПСЖ - "Сент Этьен" учрашувида Дембеле иккита гол урди, Барколянинг голи ҳисобга олинмади  0 02:05"Барселона" "Реал" дарвозасига 5та гол уриб Испания Суперкубогини қўлга киритди  311 01:15Фарҳод Нишонов: "Абдуқодир Ҳусанов ва Файзуллаевлар туфайли бизни барча агентлар кузатиб бормоқда. Улар янги Ҳусановни қидиришмоқда"  1 00:56"Рома" "Интер" футболчисига қизиқмоқда  0 00:32"Ливерпуль" ва "Ньюкасл" Ла Лигадаги ҳимоячига кўз тикмоқда  0 00:00А Серия. Довбикнинг 90+8 дақиқада пенальтидан урган голи "Рома"ни "Болонья"га қарши ўйиндаги мағлубиятдан асраб қолди, Шомуродов захирада қолдирилди  11 23:36Англия кубоги. "Саутгемптон", "Кристал Пэлас", "Ипсвич" ва "Ньюкасл" қуйи лига жамоаларини мағлуб этди  2 23:14U-20 Осиё кубогига тайёргарлик кўраётган Ўзбекистон ёшлар терма жамоасининг Тошкентдаги машғулотларидан суратлар  1 22:54"Манчестер Юнайтед" 10 киши бўлиб "Эмирейтс"да "Арсенал"ни Англия кубогидан чиқариб юборди  75 22:49"Реал" — "Барселона". "Эл класико" учун таркиблар маълум  38 22:42Расман: "Пахтакор" бразилиялик ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  18

Xitoy superkuchga aylanib, jahon chempionatida g'olib chiqmoqchi (1-qism) Yangiliklar

Xitoy superkuchga aylanib, jahon chempionatida g'olib chiqmoqchi (1-qism)

Xitoy Xalq Respublikasi Raisih Si Czinpin mamlakat futbolni qaysi yo'l bilan rivojlantirmoqchi.

Bazida Xitoy futbolini tozalashdan ko'ra yo'qotish osonroq tuyilgan. Kelishilgan o'yinlarni aniqlash uchun 4 yil ter to'kilgan (2009-2013). O'shanda "SHanxay SHenxua" chempionlik sovrinidan ayrilgan, 50 ga yaqin hibslar bo'lgan, 33 futbolchi, hakam va top menejerlar futboldan bir umrga chetlatilgan. Jinoiy ish detallari hammani hayron qoldirgan - masalan, 2009 yilgacha Xitoy chempionatining 30% uchrashuvi kelishilgan bo'lgan, chunki futbolchilarga pul etishmas edi. O'rtacha darajadagi futbolchi oyiga 200 funt olar edi, bitta kelishilgan o'yindan esa 5 ming ishlab olish mumkin bo'lgan.

Pora qarshisida hech kim o'zini tutib tura olmagan. Xitoy futbol federaciyasining ikki sobiq prezidenti va milliy jamoa sardori 10,5 yilga qamaldi. Yana to'rt futbolchi 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi va yirik jarimaga tortildi. JCH-2002 da ishlagan va ikki marotaba Osiyoda eng yaxshi deb topilgan hakam Lyu Yun xatto o'lim jazosiga hukm etilishi mumkin edi. U chemionat o'yinlarida etti marotaba pora olgan va eng jiddiy bandlar bo'yicha ayblangan, ammo u faqat 5,5 yillik qamoq va 128 ming dollar jarima bilan jazolangan.


Xitoy terma jamoasida hammasi juda yomon edi. Terma jamoaga chaqiruv olish uchun 15 ming dollar to'lashning o'zi kifoya edi, zaxirada o'yinga tushish 18 ming bo'lgan. Ko'pchilikda bunday pullar bo'lmagan, ammo puli borlar va narxni biladiganlar - bazida bu imkoniyatdan foydalanishgan.

Bunday iflos tizim bilan terma jamoa hech qanday muvaffaqiyatga erisha olmasligi aniq edi. 2013 yilda Xitoy bir yo'la cho'kib ketdi - ular Tailandga 1:5 hisobida mag'lub bo'lishdi. O'zini xorlangandek his qilgan muxlislar uchun bu so'nggi tomchi edi: Ular stadion hududini tark etishmadi va avtobus yo'lini to'sib, uzoq vaqt so'kinishlar bilan qo'shiq aytishdi. Avtobus bir amallab yo'lga chiqib olganida, haqiqiy tartibsizliklar boshlandi. Ishqibozlar avtomobillarga zarar etakzib, tosh va shisha idishlar otishdi. Natijada 100 kishi turli darajadagi jarohatlar olishdi.


Xitoylik futbolchilar bir necha kun o'tib mamlakat oldida yozma kechirim so'rashdi, ammo kech edi. Gap shundaki, Tailanddan uchralgan mag'lubiyat va tartibsizliklar Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Czinpinning tug'ilgan kunida (60 yosh) sodir bo'ldi. Bayram yo'qqa chiqqandi, ammo mamlakat rahbari futbol masalasi echish kerakligini tushundi.


Si Czinpin rahbar bo'lishidan oldin unda 3 ta sport maqsadi borligini aytgan: Xitoy mundialda ishtirok etishi, mamlakatda JCH o'tishi va jahon chempionatida g'alaba. Tez orada fantastik vazifa qo'ishldi - davlat mablag'i yordamida ichki sport bozorini rivojlantirish va 12 yildan so'ng uning yillik hajmini 800 mlrd. dollarga chiqarish. Bu juda ko'p emas, dahshatli ko'p. Jahon sport sanoati hozirda 145 mlrd.ga baholanadi - bu 2025 yil Xitoyda rejalashtirilganidan 5,5 marta kam.

Si Czinpinga bu nega kerak? Tushunarli, futbol - ajoyib ijtimoiy uskuna, ammo birinchidan, u juda qimmatga tushadi, ikkinchidan, islohotlar 10-12 yildan so'ng, XXRda boshqa rais ishlayotganida (rahbar ko'pida 2 marotaba 5 yilga saylanishi mumkin) foda berishi mumkin. Bu o'zgarishlarning yagona sababi oddiy: Si Czinpin futbolni juda yaxshi ko'radi.

Davomi bor

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика