Ximenes "Atletiko"ga qarshi o'yinda "CHelsi"ga yordam bera olmaydi
13 fev 2021 18:44
Yangiliklar


Ximenes "Atletiko"ga qarshi o'yinda "CHelsi"ga yordam bera olmaydi
"Atletiko" himoyachisi Xose Mariya Ximenes CHL 1/8 final doirasidagi "CHelsi"ga qarshi o'yinda jarohati sabab maydonga tusha olmaydi.
26 yoshli urugvaylik futbolchi jamoa mashg'ulotlarida jarohat olgan. Ximenes aynan shu tufayli Ispaniya chempionati 22-tur doirasidagi "Selta" (2:2)ga qarshi o'yinda harakat qilmagan edi.
Futbolchining martga qadar "Atletiko" lazaretida bo'lishi mumkinligi aytilmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Atletiko" - "CHelsi" o'yini 23 fevral kuni Buxarestda bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar