So’nggi yangiliklar

03:03Франция. ПСЖ "Монако"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 02:53Англия Кубоги. "Манчестер Юнайтед"дан камбэк! Магуайр 90+3-дақиқада гол уриб, жамоасига ғалаба келтирди  8 02:43А Серия. Сўнгги дақиқадаги пенальти "Ювентус"га ғалаба олиб берди  2 02:25Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан дубль  0 00:43Мартинелли қанча вақтни майдондан ташқарида ўтказади?  0 00:23Саудия Арабистони. Иккитадан пенальти ва қизил карточка кўрсатилган ўйинда "Ал Аҳли" ғалабага эришди  0 23:13Роналду кетма-кет 5 ўйинда гол урди  88 22:49А Сериянинг январь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 22:19Саудия Арабистони. Дуран дебютида дубль қайд этди, Роналдудан 924-гол, Шукуров 80 дақиқа ўйнади  53 21:50Серхио Рамос нима сабабдан 93-рақамда ўйнашини айтди  1 21:36"Насаф" назорат ўйинида "Лиепая"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  8 21:21"Андижон" назорат ўйинида Норвегия жамоасига мағлуб бўлди  2 20:56ОКМК ўртоқлик ўйинида КХДР термасига мағлуб бўлди  5 20:35"Локомотив" Туркияда Қозоғистон миллий терма жамоасига қарши ўйнайди  2 20:24Қизларга футзал керак  13

Xenk Ten Kate: "Ertangi o'yin "Paxtakor" uchun muhimroq" Yangiliklar

Xenk Ten Kate: "Ertangi o'yin "Paxtakor" uchun muhimroq"

Teglar :  Xenk Ten Kate
Osiyo CHempionlar ligasi "C" guruhining 6-tur uchrashuvi, "Paxtakor" - "Al Jazira" bahsidan oldin, mehmonlar ustozi Xenk Ten Kate ishtirokida matbuot-anjumani bo'lib o'tdi.

Murabbiyga futbolchi Muhammad Jamol hamrohlik qildi.

"O'ylashimcha ertangi o'yin "Paxtakor" uchun muhim. Sababi bizda keyingi bosqichga chiqish imkoniyati yo'q. Raqibda esa g'alaba qozonishga urinadi. SHu "Paxtakor"ga bosim bo'lishi mumkin. Biz bu erga chiroyli o'yin ko'rsatib g'alaba qozonish uchun kelganmiz", - deydi Xenk Ten Kate.

"Garchi biz musobaqadan chiqib ketgan bo'lsak ham baribir g'alaba qozonishni istaymiz. Klub nomi va shani uchun harakat qilamiz. Yaxshi o'yin ko'rsatib g'alaba qozonishga urinamiz", - deydi Muhammad Jamol.

-"Paxtakor"ning ichki chempionatdagi o'yinlarini o'rgandingizmi?

- Yo'q, biz raqibning OCHLdagi o'yinlarini ko'rib chiqdik.

- Jamoa to'purari Ali Mabxut ertaga diskvalifikaciya tufayli o'ynay olmaydi. Yana yo'qotishlar bormi?

- Abdulla Musa va asosiy posbonimiz Ali Xasif ham ertaga maydonga tushmaydi. OCHLda barcha o'yinlarda bizda yo'qotishlar bo'lgandi. SHu bois biz yoshlarni sinovdan o'tkazib oldik.

- "Al Jazira"ning inqiroziga nima sabab bo'ldi?

- Yanvar oyida klubga kelganimda jamoa BAA chempionatida ham quyi o'rinlarda borayotgandi. Asosiy urg'uni imkon qadar yuqori o'rinlarga chiqishni qaratdik. OCHLda aytganimdek har bir bahsda yo'qotishlar bo'ldi. Mana shu yoshlar keyingi safar OCHLda o'zlarini ko'rsata olishadi.

- Guruhdagi barcha klubga qarshi o'ynab bo'ldinglar. Qaysi jamoa shaxsan siz uchun eng kuchli?

- "Traktorsozi"! Sababi ularning yarim himoyachilari juda kuchli. SHu bois aynan shu klub guruhda peshqadamlik qilmoqda.

- Qaysi jamoaga qarshi o'yin qiyin bo'ldi?

Muhammad Jamol: - "Al Hilol" raqib yarim himoyasida kuchli o'yinchilar jamlangan. To'pni nazorat qilish va hujum qilishda kuchli harakat qilishdi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика