So’nggi yangiliklar

23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  0 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  4 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  7 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  11 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  5 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  1 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  5 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0 18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  3 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  9

Xayrulla Karimov: "Birgina xato qimmatga tushdi" Yangiliklar

Xayrulla Karimov: "Birgina xato qimmatga tushdi"

Coca-Cola Superligasining 21-turidan o'rin olgan AGMK - "Qizilqum" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi Xayrulla Karimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Yaxshi o'yin bo'ldi. "Qizilqum" bizga to'g'ridan-to'g'ri raqobatchi edi. 3 ochkoni maqsad qilgandik, afsuski, yakunlovchi zarbalarda omad etishmadi. "Qizilqum" asosan qarshi hujumga tayanib o'ynadi. O'yinni nazorat qildik, jamoa to'p bilan yaxshi harakatlandi. Afsus, bugun bizga omad etishmadi.

- Ikkinchi bo'limda "Qizilqum" raqibni orqaroqda kutib ola boshladi. SHunday vaziyatda yuqoridan uzatmalar asosan jarima maydoni ichkarisiga bo'laverdi. Nima uchun boshqacha uslub bo'yicha ko'rsatma berilmadi?

- Yo'q, albatta ko'rsatma berildi. Qizilqum" bir kishi kam bo'lib qolgani uchun asosan o'rtani yopishga harakat qildi. SHu bois ko'rgan bo'lsangiz biz 2 ta bo'ydor hujumchi bilan ham harakat qildik. Omad ham etishmadi, uzatmalar ham muvaffaqiyatli chiqmadi. Mag'lubiyatga shular sabab bo'ldi deb o'ylayman.

- "Qizilqum"da 3 ta yirik yo'qotish bor edi. Ko'pchilik shu sababli ham AGMKning engilroq g'alabasini taxmin qilgandi. O'yin davomida shu narsa sezildimi?

- Baribir har bir o'yinda ko'rsatma beriladi. Futbolchilarda ham turli ruhiy xolatlar bo'ladi. Bu boradagi aytilgan fikr noto'g'ri bo'ladi. Qanday tarkib bo'lishidan qatiy nazar hushyorlikni, diqqat-etiborni yo'qotmaslik kerak. Birgina xato bizga qimmatga tushdi.

- Akrom Komilov zaxiradan o'yinga qo'shildi va yana maydondan olindi. Buning sababi nima?

- Komilov ozroq jarohat oldi. Avvalgi jarohati ozroq pand berdi.

- Jamoa asosiy raqobatchiga yutqazib qo'ydi. Oldinda qiyin o'yinlar bor, maqsadlar qanday?

- Oldinda o'yinlar bor, har bir ochko oltinga teng bo'lib turibdi. Har bir uchrashuvga g'alabani maqsad qilgan xolda chiqish kerak. O'ylashimcha, intriga chempionat oxiriga qadar davom etadi. Hayot davom, xatolar ustida ishlaymiz.

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика