Uch nafar o'zbekistonlik futbolchi Angliya klubida ko'rikdan o'tish uchun jo'nab ketdi
17 iyu 13:05
Yangiliklar


Uch nafar o'zbekistonlik futbolchi Angliya klubida ko'rikdan o'tish uchun jo'nab ketdi
Tunda Saidnurullaev "Surxon"ning ikki futbolchisi Behruz Karimov va Behruz Shukurullaev bilan birga Toshkent-Istanbul-London yo'ynalishida jo'nab ketishdi. Uchala futbolchi ham ikki hafta davomida KPR yig'inida ishtirok etishlari ko'zda tutilgan.
"Kuinz Park Reynjers" klubi 1882 yilda London shahrida tashkil topgan. Uy o'yinlarini 18439 tomoshabinga mo'ljallangan "Loftus Roud" stadionida o'tkazadi. Ayni paytda jamoani ispaniyalik murabbiy Marti Sifuentes boshqarmoqda. Ayni paytda KPR Angliya Chempionship ligasida (APLdan bitta past divizion) ishtirok etmoqda.
Malumot uchun, Shukurullaev 2006 yilda tug'ilgan, chap qanot futbolchisi. "Odil Ahmedov" akademiyasi tarbiyalanuvchisi. Bu yildan "Surxon" safida barcha musobaqalarda 4 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Karimov 2007 yilda tug'ilgan, o'ng qanot himoyachisi. "Odil Ahmedov" akademiyasi tarbiyalanuvchisi. Bu yildan "Surxon" safida barcha musobaqalarda 6 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Saidnurullaev 2005 yilda tug'ilgan "Paxtakor" klubi tarbiyalanuvchisi. Bu mavsum O'zbekiston kubogida 1 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, uchala futbolchi ham "Football Group" agentligiga tegishli. Ushbu agentlik Abduqodir Husanovning huquqlarini ham himoya qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar