So’nggi yangiliklar

18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  0 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  1 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  0 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  2 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  1 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  0 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  9 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  26 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1

Xavi, Raul, Lempard va yaqin o'tmish yulduzlari murabbiy rolida Yangiliklar

Xavi, Raul, Lempard va yaqin o'tmish yulduzlari murabbiy rolida

Yaqin o'tmishda ular etibor markazida edilar va Evropa maydonlarini "changitib" to'p tepardilar.

Endi bo'lsa maydondagi voqealarni chetdan turib tomosha qilishga majburlar. Bugun sizlar bilan 2018 yildan buyon murabbiy sifatida ishlab kelayotganlar haqida gaplashamiz.

Xavi

Aftidan, "Barselona" afsonasi Xaviga Qatarda yashash ancha yoqqan ko'rinadi. U poytaxtning "Al-Sadd" klubi safida 4 yil to'p tepib, aynan shu jamoaga bosh murabbiy etib tayinlandi. Bosh murabbiy lavozimida ispaniyalik 21 iyul kuni debyut qildi. "Al-Sadd" o'sha kuni Ispaniyaning "Palamos" bilan o'rtoqlik o'yinida durang o'ynadi. Har ikki jamoa bittadan gol urishga erishdi.

Xavining murabbiylik uslubi haqida gapirishga hali juda erta. Ammo ispaniyalik allaqachon o'z maqsad va ambiciyalari haqida gapirib o'tdi: "Mening jamoalarim ijrosida ko'rishni istaydigan futbol borasida ko'plab fikr va tasavvurlarim mavjud. Men doim "Barselona" o'yin uslubiga oshiq bo'lganman. Ularning o'yin davomida o'rnatadigan nazoratlari — bu murabbiylik davomida men erishishga harakat qiladigan maqsaldlardan biri. SHuningdek, "Barsa"ga bosh murabbiy sifatida borish niyatim bor. Bu mening maqsadim, ammo bu yagona variant emas".

Xabi Alonso

2017 futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so'ng Xabi Alonso vaqtini behudaga sarflamadi. Oradan bir yil o'tib, "Real Madrid" U-14 jamoasiga bosh murabbiylik qila boshladi. Uning qo'l ostida "Qirollik klubi"ning yosh tarbiyalanuvchilari chempionat tugashiga uch tur qolganda o'z yosh toifalarida chempion bo'lishdi.

Alonso bolalarga talim berish bilan bir vaqtning o'zida malakasini ham oshirib bordi. Natijada, 2019 yil iyunda UEFA Pro murabbiylik licenziyasiga ega bo'ldi. Iyul oyida esa "Real Sosedad-B" bosh murabbiyi etib tayinlandi va o'z faoliyatini boshladi. Ispaniyalik klub bilan ikki yillik shartnomaga imzo chekdi. 

Xabi Alonso yangi ish joyida muvaffaqiyat qozonishiga shubha yo'q. Axir u futbolchilik davrida katta tajribaga ega bir qator top murabbiylar bilan ishlagan-ku! "Omadim bor ekan. Sababi, faoliyatim davomida Anchelotti, Mourinyu, Gvardiola va Benites kabi murabbiylar bilan ishlashga muvaffaq bo'ldim. Har biridan yangi narsani o'rgandim, tajriba orttirdim", — deydi Alonso.

Raul

Raulning murabbiylik faoliyati termadagi sobiq sherigi Xabi Alonsoniki kabi rivojlanmoqda. 2018 yil "qaymoqranglilar" rahbariyati mashhur forvardga "Real Madrid"ning U-18 jamoasini ishonib topshirdi. Raul birinchi mavsumdayoq "Qirollik klubi" yoshlari bilan chempionlikni qo'lga kiritdi va munosib tarzda lavozimi oshirildi. 2019 iyunda ispaniyalik V Segundaning "Kastilya" jamoasiga bosh murabbiy bo'ldi.

Raul yangi lavozimni egallashidan biroz muddat avval UEFA Pro murabbiylik licenziyasiga ega bo'lgandi. Qiziq, afsonaviy hujumchi murabbiylik faoliyatida ham ulkan natijalarga erisha olarmikan?!

Viktor Valdes

Termadagi sobiq hamkasblari (murabbiy bo'lganlar)dan farqli o'laroq, Viktor Valdes katta jamoa bilan tajriba orttirishga ulgurmadi. 2019 yil iyulda sobiq darvozabon "Barselona" U-19 jamoasi nazoratini o'z qo'liga oldi. Klub Valdes bilan 2019/20 mavsum oxiriga qadar (yana bir yilga uzaytirilishi mumkin) shartnoma imzoladi.

Yodingizda bo'lsa, 2015 yil posbon faoliyatini yakunlab, tinch oilaviy hayotda yashamoqchi ekanini aytgan edi. "Faoliyatimni tamomlaganimdan keyin farzandlarim bilan sayr qilib, ularning tarbiyasi bilan shug'ullanaman", — degan edi Valdes. Aftidan, fikri o'zgargan ko'rinadi.

Pol Skoulz

"Manchester Yunayted" afsonasining murabbiylik yo'li haqiqiy dahshatli voqeadan boshlandi. Liga-2da o'ynaydigan Angliya klubi — "Oldxem"ga bosh murabbiy etib tayinlanganidan so'ng (bu klubga bolaligidan muxlislik qiladi), lavozimida atigi 31 kun ishladi.

Avvaliga Polni hamma ishi yaxshi boshlandi. Uning jamoasi birinchi o'yinda chempionat autsayderi "Yovil Taun"ni yirik hisobda (4:1) mag'lub etdi. Ammo Skoulz shogirdlari "o'zlarini yo'qotib qo'yishdi". Keyingi 5 o'yinda "Oldxem" 3 marta durang o'ynab, atigi 3 ochko to'plashga muvaffaq bo'ldi. Bosh murabbiy klubdagi so'nggi o'yinida liganing etakchi jamoasi "Linkoln Siti"ga 0:2 hisob bilan mag'lub bo'ldi. Ketma-ket omadsiz bahslardan so'ng, u ishdan bo'shashga qaror qildi.

"Men bosh murabbiy etib tayinlanganimdan juda g'ururlandim va ish boshlashimni intizorlik bilan kutdim. Ammo "Oldxem"da ish boshlaganimdan keyin, hammasi ham rejamdagidek ketmayotganini tushunib etdim. Bu lavozimni menga taklif qilishganida, boshqa shartlar bor edi. Ammo keyin ko'p narsa o'zgarib ketdi. SHundan so'ng, ketishga qaror qildim", — takidlaydi Skoulz.

Murabbiy "boshqa shartlar bor edi" deb, ijodiy erkinlikni nazarda tutgan ekan. Uning aytishiga qaraganda, klub xo'jayini Abdalla Lemsagam mashg'ulot jarayoniga aralashgani Polga yoqmagan ekan. Klub egasi o'yinda qaysi sxemadan foydalanishdan tortib, qaysi tarkibni maydonga tushurish ishlarigacha aralashgan.

Skoulz istefoga chiqqanidan so'ng, Ule Gunnar Sulsher sobiq klubdoshiga "Manchester Yunayted"ning murabbiylar shtabini ishlash taklifini berdi. Biroq angliyalik hamon bu taklifni qabul qilgani yo'q. 2014 yil Pol Skoulz MYU ni aprel oyidan to mavsum so'nggigacha boshqargan Rayan Giggzning vaqtinchalik murabbiylar shtabiga kirgan. Lekin bunday tajribani murabbiy sifatidagi to'laqonli debyut deb bo'lmasa kerak. Pol yangi joyda 4 uchrashuv vaqtida ishladi. Qolaversa, o'sha paytlar Skoulzning asosiy vazifasi ham aniq emasdi.

Jon Terri

Terri "CHelsi"dan ketganidan so'ng "Aston Villa" rahbariyati bilan juda yaqin bo'lib ketdi va futbolchilik faoliyatini yakunlashi bilan o'sha klubning murabbiylik shtabiga ishga olindi. Jon 2018 yil oktyabrda "Aston Villa"ga bosh murabbiy bo'lgan ingliz Din Smitga assistent bo'ldi.

Smit yordamchisining muvaffaqiyatiga xolis baho berish hozircha qiyin. CHempionshipning finali pley-off bosqichi yakuniga etgunga qadar Jonga turnirning 7-pog'onasini egallagan "Midlsbro" qiziqish bildirdi. SHundan so'ng "Villa" mutaxassisga yangi shartnoma taklif qildi va ular ikki yillik bitim imzoladilar. Birmingemda Terriga juda ham ishonishadi.

Frenk Lempard

Frenk ham yaqinda murabbiylik faoliyatini boshlagan futbolchilardan biri. U o'tgan yili "Derbi Kaunti"ga bosh murabbiy bo'lgandi. Mutaxassis klubni APLga olib chiqishiga ozgina omad etishmadi. CHempionship pley-off bosqichida Frenk shogirdlari "Lids"ni mag'lub etishdi, ammo Smit va Terrining "Aston Villa"siga yo'llanmani boy berishdi. SHunga qaramay, "CHelsi" Lempardni o'z safiga taklif qildi — shu yozda u "ko'klar"ga bosh murabbiy etib tayinlandi.

London klubida Frenkning bazi xususiyatlari ko'zga tashlana boshladi. Birinchidan, bo'ysunish bilan bog'liq muammolar uni bezovta qilmaydi. Klubda uni avvaldan Lemps emas, balki boss yoki menejer deb chaqirishardi. Ikkinchidan, Lempard barcha futbolchilarga, jumladan yoshlarga ham, o'zini namoyon qilishi uchun imkon beradi. Yangi mavsumda "CHelsi" rotaciyaga ham alohida etibor bersa ajabmas. Uchinchidan, "CHelsi" afsonasi mashg'ulot jarayonining intensivligiga ham katta etibor qaratadi.

Lempard sevimli jamoasi bosh murabbiyligi lavozimida qanday ishlashi hali aniq emas. Biroq buni kuzatish qiziqarli bo'lishi turgan gap.

Sergey Ignashevich

CSKA faxriysi va Rossiya termasi rekordchisi murabbiylik faoliyatini yordamchi sifatida Moskva klubida boshladi. Bir mavsum o'tib, Ignashevich o'zini yuqori darajadagi futbolda sinab ko'rishni boshladi. "Torpedo" futbol klubi Ignashevichga ana shunday imkoniyatni berdi. Igor Kolivanov istefoga chiqqan kunining ertasiga JCH-2018 ishtirokchisi "avtozavodliklar"ga bosh murabbiy etib tayinlandi.

Yangi bosh murabbiyning ishlari hozircha alo darajada bormoqda. Mavsum boshidan buyon "Torpedo" 3 marta (3 o'yinda) g'alaba qozondi ("Fakel", "Baltika" va "SKA-Xabarovsk"ga qarshi bahslarda). Bu uchrashuvlarda Ignashevich shogirdlari 4ta gol urishdi va umuman gol o'tkazishmadi. Sobiq himoyachi "Torpedo"ning mudofaa chizig'i bilan tinimsiz ishlaganligi ko'rinib turibdi.

Antonio Di Natale

Futbolchilik faoliyatiga nuqta qo'yganidan so'ng Italiya termasi sobiq hujumchisi ikki yil ishsiz yurdi. Lekin 2018 yil u futbol sohasiga qaytishni istadi va V Seriya "Speciya" klubining murabbiylik shtabiga ishga joylashdi. Italiyalik maslahatchi lavozimini egalladi va jamoa bosh murabbiyi Paskuale Marino bilan hamkorlikni boshladi. Di Natale u bilan "Udineze"da ham birga faoliyat yuritgandi.

O'tgan mavsum "Speciya" chempionat doirasida oltinchi o'rinni egalladi va A Seriyaga chiqish uchun pley-off bosqichida o'zini sinab ko'rish imkoniyatini qo'lga kiritdi. CHorak finalda jamoadan omad yuz o'girdi: "CHittadelle"ga 1:2 hisob bilan mag'lub bo'ldi.

Aftidan, klub rahbariyati bunday natijani kutmagan edi va darhol jamoa ustozini istefoga chiqarishga qaror qildilar. Paskuale Marino bilan birgalikda Di Natale ham "Speciya"ni tark etdi.

Alberto Jilardino

"Milan" va "Fiorentina"ning sobiq o'yinchisi murabbiylik faoliyatini Italiyada boshladi. 2018 yil oktyabrda Jilardino bosh murabbiy Luka Prinaning yordamchisi bo'ldi. Ular D Seriyaning havaskorlik jamoasi "Redzato"da faoliyat yuritdilar. Kelasi yilning fevral oyida Jilardino bosh murabbiy o'rnini egalladi, Prina esa texnik direktorlik kursisiga o'tirdi.

Alberto qo'l ostidagi jamoa mavsumni to'rtinchi pog'onani band etgan holda tamomladi. SHuningdek, ular S Seriyaga chiqish uchun pley-off bosqichida o'ynash imkoniyatini ham qo'lga kiritdilar. "Redzato" yarim finalda "Pro Sesto"ga 2:4 hisobida mag'lub bo'ldi va bir pog'ona yuqoridagi divizionga chiqish uchun kurashdan chiqib ketdi.

Lekin Jilardinoning yutuqlari etiborsiz qoldirilmadi. 2019 yil iyul boshlarida uni S Seriyaning "Pro Verchelli" klubi bosh murabbiylik lavozimiga taklif qilishdi. Ehtimol, ana shunday asta-sekinlik bilan bo'lsa-da, Alberto A Seriyaga chiqa olar?!

Yaqin o'tmish futbolining yorqin vakillarini murabbiylik kursisidagi faoliyati ilk yillarini kuzatish ko'pchilik uchun qiziq bo'lsa ajab emas. 


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика