Xavi Levandovskining "Barselona"ga ehtimoliy o'tishi haqida gapirdi
13 apr 2022 18:01
Yangiliklar


Xavi Levandovskining "Barselona"ga ehtimoliy o'tishi haqida gapirdi
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi "Bavariya" forvardi Robert Levandovskining Kataloniya jamoasiga ehtimoliy o'tishi haqida gapirdi.
"Levandovski "Barselona"da? Albatta, Robert - buyuk futbolchi, ammo biz "Ayntraxt"ga qarshi Evropa Ligasi doirasidagi o'yinga etiborimizni qaratishimiz kerak. Sizning savolingizni tushundim, ammo hozir bu mavzuni muhokama qilishning payti emas", - deydi Xavi.
Oldinroq Levandovskining "Barselona"ga o'tishi va kataloniyaliklar bilan 3 yillik shartnoma imzolashi mumkinligi aytilgan edi.
Levandovski 2021/22 yilgi mavsum "Bavariya" tarkibida 41ta o'yinda maydonga tushib, 47ta gol va 4ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar