Qaysi klub hozirgi tarkibi uchun eng ko'p pul sarflagan?
17 sen 2025 17:15
Yangiliklar
Qaysi klub hozirgi tarkibi uchun eng ko'p pul sarflagan?
Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) joriy jamoa tarkibini shakllantirishga eng ko'p mablag' sarflagan (bonuslar, to'lovlarning amalda amalga oshirilganidan qati nazar va ijara bilan to'lovlarni o'z ichiga oladi) dunyoning 100 ta klubi ro'yxatini elon qildi.
«Chelsi» 1,314 mlrd evro bilan 1-o'rinni egalladi. «Manchester Siti» (1,128 mlrd evro) va «Manchester Yunayted» (1,071 mlrd evro) birinchi uchlikni yakunlaydi.
O'tgan yilga nisbatan joriy tarkibga eng ko'p mablag' sarflagan o'nta klubning umumiy xarajatlari 15%ga (8,44 mlrddan 9,67 mlrdga) o'sdi.
Eng ko'p xarajat qilgan 20 ta jamoa ro'yxati quyidagicha:
1. «Chelsi» – 1,314 mlrd evro;
2. «Manchester Siti» – 1,128 mlrd evro;
3. «Manchester Yunayted» – 1,071 mlrd evro;
4. «Liverpul» – 1,065 mlrd evro;
5. «Arsenal» – 1,001 mlrd evro;
6. «Tottenxem» – 974 mln evro;
7. «PSJ» – 873 mln evro;
8. «Real» – 854 mln evro;
9. «Nyukasl» – 816 mln evro;
10. «Atletiko» – 572 mln evro;
11. «Nottingem Forest» – 508 mln evro;
12. «Yuventus» – 503 mln evro;
13. «Bavariya» – 496 mln evro;
14. «Vest Xem» – 494 mln evro;
15. «Barselona» – 463 mln evro;
16. «Napoli» – 456 mln evro;
17. «Al-Xilal» – 451 mln evro;
18. «Leypcig» – 434 mln evro;
19. «Aston Villa» – 427 mln evro;
20. «Brentford» – 418 mln evro.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Родри дисквалификация қилиниши мумкин
Fikrlar