Yamal "Barselona"ning qaydnomasiga kiritilmadi
17 sen 2025 14:33
Yangiliklar
Yamal "Barselona"ning qaydnomasiga kiritilmadi
Lamin Yamal "Nyukasl"ga qarshi o'yinda maydonga tushmaydi.
Vinger "Barselona"ning Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 1-turidagi bugungi o'yin uchun qaydnomasiga kiritilmadi.
Bundan avval Yamal jarohat tufayli La Ligadagi "Valensiya"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborgan edi. "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Lamin Ispaniya terma jamoasida og'riq bilan o'ynaganini aytdi.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, Yamalning La Ligadagi "Xetafe" (21 sentyabr) va "Ovedo" (25 sentyabr)ga qarshi o'yinlarda ishtirok etishi ham shubha ostida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar