Xavi: "Biz keyingi bosqichga chiqishimiz shart edi"

Nozimov Nig'monxo'ja
29 noya 2023, 10:15
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi YCHL 5-turidan o'rin olgan "Portu"ga (2:1) qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Kataloniya klubi irodali g'alabaga erishib, 2 yillik tanaffusdan so'ng pley-offga chiqdi. 

"Jamoa va klub uchun juda xursandman. Ikki marta Yevropa Ligasiga tushib ketgandan so'ng bu safar 1/8 finalga chiqishga majbur edik. Ajoyib jamoaga qarshi qoyilmaqom o'yin o'tkazdik va o'tkazib yuborilgan golga to'g'ri javob qaytardik. Ikkinchi bo'limda "Portu"dan ustun edik.

Futbolchilarga ko'proq tavakkal qilishlari, to'pni oldinga uzatishlari kerakligini aytdim. Kanselu bo'sh qoldi va biz uni pas bilan taminladik. Inyaki Penya ajoyib o'yin o'tkazdi va xarakter ko'rsatdi. U seyvlari bilan durang bo'layotganda yordam berdi.

Barselonada hamma muammolar hal bo'lmadi, lekin bugun klubni tabriklash mumkin", - deya "o'k-anorranglilar" ustozining so'zlarini keltiradi Diario Sport.

O'xshash yangiliklar


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com