Xavi 5:0 hisobidagi g'alabadan so'ng: "Men adashgan ekanman"
20 jan 2023 09:14
Yangiliklar
Xavi 5:0 hisobidagi g'alabadan so'ng: "Men adashgan ekanman"
"Bizda yaxshi tajriba bo'ldi va bo'shashib qolmaganimiz yaxshi. Birinchi bo'limda muammolar yuzaga keldi. Ikkinchi taymda ularni hal qildik va yaxshi o'ynadik. Bizda motivaciya yuqori edi va ishga professional tarzda yondoshdik. Tarkibimiz yaxshi ekanligini ko'rsatdik.
Bu ikkinchi darajali futbolchilar emas. Biz bir jamoamiz va bu juda muhim. Bu futbolchilar muhim uchrashuvlarda ishtirok etishgan va kelajakda ham jamoada muhim rol o'ynashadi.
Agar kimnidir o'z safimizga qo'shib ololmasak, bu fojia bo'lmaydi. Ammo tarkibni kuchaytirsak yaxshiroq bo'lardi. Memfis mendan o'zini qo'yib yuborishimni so'radi.
"Seuta"ga safar u qadar yoqimli bo'lmadi. Men ular namoyish etgan mana shunday o'yin bilan qanday qilib kam ochko to'plashganiga hayronman. Ularning o'yini menga yoqdi. Qura biz uchun omadli keldi deganimda adashgan ekanman", - dedi Xavi.
Fikrlar