Reshford: "Barselona" ushbu mavsum treblni rasmiylashtirishi mumkin"
19 avg 2025 15:12
Yangiliklar
Reshford: "Barselona" ushbu mavsum treblni rasmiylashtirishi mumkin"
"Barselona" hujumchisi Markus Reshford jurnalistlar bilan suhbatda Kataloniya jamoasining joriy mavsumdagi imkoniyatlari haqida gapirdi.
Reshford "Diario Sport" nashriga bergan intervyusida "Barselona"da ushbu mavsum trebl qayd etishi uchun hamma narsa borligini aytdi. Angliyalik futbolchi jamoa o'zi ishtirok etadigan barcha turnirlarda g'alaba qozonishga tayyor ekanini takidladi.
"Mavsum uzoq davom etadi, futbolni oldindan aytib bo'lmaydi. Lekin "Barselona"da hamma narsaga qodir kuchli mentalitet bor", – dedi Reshford.
Eslatib o'tamiz, Markus Reshford shu yozda ijara asosida "Manchester Yunayted"dan Kataloniya klubiga o'tgandi. Forvard La Liganing 1-turida "Malorka"ga qarshi bahsda debyut qildi. Reshford ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar