Xarri Keyn: "Bavariya"da sovrinlar yutishni istayman. ECHL g'olibligi uchun keldim"
13 avg 2023 18:46
Yangiliklar
Xarri Keyn: "Bavariya"da sovrinlar yutishni istayman. ECHL g'olibligi uchun keldim"
"Faoliyatimni faqatgina Angliyada o'tkazganman. Yangi ligaga, yangi raqiblarga o'rganish kerak. Bundesligada kuchli jamoalar juda ko'p. Barcha muxlislar "Bavariya"ning chempionligini kutishadi. Biroq yildan yilga raqiblar ham kuchayib bormoqda, buni biz "Leypcig"ga qarshi o'yinda ko'rdik.
Albatta, transfer qaroriga kelish juda qiyin bo'ldi. "Tottenxem"da 19 yilni o'tkazdim, bu klub yuragimning bir qismi bo'lib ulgurgan. Lekin ketish vaqti etib kelganini tushundim. Sovrinlar yutishni istayman. "Bavariya" men bilan aloqaga chiqqanida, u erga ketish kerakligini tushundim.
Oldinda katta yo'l boryu Biroq fakt shundaki, ECHLning finali "Uembli"da bo'ladi. Bu erga ECHL g'olibligi uchun keldim. Asosiy maqsadim - ECHLda g'olib bo'lish", - dedi Keyn.
Fikrlar