Xadson-Odoi Messi va Maradonadan birini tanladi

Mirjalol Normatov
14 iyun 2019, 22:54
"Chelsi" hujumchisi Kallum Xadson-Odoi​ argentinalik afsonalar Lionel Messi va Diego Maradonani solishtirdi.

"Maradonaning muxlisiman. Bolaligimdan uning o'yinlarini kuzatib kelaman. U chap oyog'idagi mo'jizalari bilan barchaning yodida qolgan. Diego raqiblarni aldab o'tib, gollar kiritishni yoqtirgan. Hujumga o'tsa, deyarli xato qilmasdi. 

Maradona yoki Messi? Ularning ikkalasi ham ajoyib futbolchilar va o'z davrining buyuklari. Tanlash varianti bo'lsa, Messini tanlayman. Chunki u bilan bir davrda futbol o'ynayapman", - dedi Xadson-Odoi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal