Vulverxemptonga o'tgan darvozabon nega 11-raqamni oldi?
13 avg 2018 12:31
Yangiliklar
Vulverxemptonga o'tgan darvozabon nega 11-raqamni oldi?
Bazida darvozabonlar maydondagi o'yinchilarning raqamlarini olishadi. Masalan, Viviano «Sampdoriya» safida 2-raqamda o'ynagan. To'purar posbon Rojerio Seni esa 01 raqamida o'ynardi.
Ruy Patrisiu esa yangi klubi safida 11-raqamni oldi.

«Vulverxempton»da 1-raqam 15 yildan buyon jamoada o'ynab kelayotgan Karl Ikemega tegishli. Nigeriyalik futbolchi so'nggi bor 2017 yil mart oyida maydonga tushgandi. O'shanda unda oqqon kasalligi aniqlangandi.
2017/18 yilgi mavsumda «Vulverxempton» chempionshipda g'olib bo'ldi va APLga qaytdi. Ikeme faqat davolandi. Uzoq muddatli kimyo terapiyasidan so'ng Karl tuzaldi. Iyul oyida u faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

«Karl – o'tgan mavsumdan boshlab bizning ilhom parimiz, – deydi bosh murabbiy Nunu Eshpiritu Santu. – U o'zining qatiyatligi bilan bizga ishonch bag'ishladi. U bizning do'stimiz. U jamoaga kelib yigitlar bilan gaplashib turadi. Kuchli erkak. Karlning hurmati uchun 1-raqamni unga qoldirdik».
Ruy Patrisiu klubning qarorini hurmat qildi va hech qanday muammosiz boshqa raqamni oldi, Buffon, Kasilyas, SHmeyxel kabi mashhur darvozabonlar Ikemeni qo'llab-quvvatlashdi.
SHanba kuni Ruy Patrisiu APLdagi birinchi o'yinida maydonga tushdi va «Everton» vakili Risharlisondan ikkita gol o'tkazib yubordi (2:2).

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar