"Vulverxempton" "Chelsi" hujumchisi Abraxamga e'tibor qaratdi

Sherzod Nurmatov
26 apr 2021, 00:37
"Bo'rilar" "aristokratlar" a'zosi Temmi Abraxamga qiziqish bildirmoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, "bo'rilar" yozgi transfer oynasida "Aston Villa" va "Vest Xem" bilan 23 yoshli angliyalik uchun kurash olib borishadi.

Abraxam 2020/21 yilgi mavsumda "Chelsi" tarkibida 31 uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urgan va 6 golli uzatmani amalga oshirgan. 

Transfermarkt portali futbolchini 40 million evroga baholamoqda. 

Oldinroq forvard ushbu mavsum oxirida "Chelsi"ni tark etishi haqida xabarlar tarqalgandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Insider