Temmi Abraxam rasman APLga qaytdi

Administrator
27 yanv 2026, 23:35
Turkiyada faoliyat olib borayotgan futbolchi "Aston Villa"ga transfer qilindi.

"Beshiktosh" klubi hujumchisi Temmi Abraxam rasman APL klubi "Aston Villa"ga o'tdi. "Aston Villa" hujumchini 21 mln evroga sotib oldi. 

Angliyalik futbolchi "Roma"dan so'ng yarim yil "Beshiktosh"da faoliyat olib borgandi. Temmi Turkiyadagi faoliyati davomida 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: avfc.co.uk