So’nggi yangiliklar

00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  0 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  1 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпул"нинг “боши қотган”  2 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  2 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  10 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  3 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  16 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  2

“Vodiy futboli”. “Qo'qon-1912” ishqibozlar klubi savdo yarmarkasini tashkil etdi Yangiliklar

“Vodiy futboli”. “Qo'qon-1912” ishqibozlar klubi savdo yarmarkasini tashkil etdi

Vodiy futboliga oid yangiliklarni berib borishda davom etamiz.

“Andijon”: “Metallurg” bilan o'yinga uch kun qoldi
“Andijon” jamoasini chempionatning navbatdagi turiga tayyorgarligi qizg'in davom etyapti. Mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan Bo'ston dahasidagi maydonda hamda “Sog'lom avlod” stadionida olib borilmoqda.


Kichik jarohati borligi sababli kechagi kungi mashg'ulotda Temur Vasilev ishtirok etgani yo'q. Ammo jarohat jiddiy emas va jamoamizning asosiy o'yinchilaridan biri bo'lgan Vasilev “Metallurg” bilan o'yinga qadar tarkibga qaytadi. Bugungi mashg'ulotlardan keyin Edgar Gess futbolchilarga dam beradi. Ertaga esa jamoa Toshkentga yig'iladi.


“Qo'qon-1912”: Ishqibozlar klubi savdo yarmarkasini tashkil etdi
Bu yil “Qo'qon-1912” ishqibozlar klubi ham katta ishtiyoq bilan faoliyat yuritmoqda. Muxlislar klubining bizga malum qilishicha, futbolka, sharf va kepkalarini sotuvi ishga tushdi. Agarda siz ham ulardan haril qilishni istasangiz nafaqat jamoaning uy o'yinlari kuni balki boshqa kunlari ham qo'lga kiritsangiz bo'ladi.
Buning uchun quyidagi telefon nomerga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin. +99891 691 1912, +99897 557 1912
Futbolka shortik – 25000so'm
Futbolka – 15000
Kepka – 10000
SHarf (oqi) - 8000
SHarf (ko'ki) - 6000





“Navbahor”: Sergey Georgiev “Olmaliq” bilan o'yinni o'tkazib yuboradi
“Lochinlar” kelayotgan shanba kuni o'z maydonida “Olmaliq”ni qabul qiladi. Bo'lajak bahsga tayyorgarlik boshlangan. O'tgan turda qizil kartochka olib maydonni erta tark etishga majbur bo'lgan Sergey Georgiev endi jamoasining navbatdagi uchrashuvida ishtirok eta olmaydi. Moldaviyalik 24 yoshli futbolchining o'rnini murabbiylar shtabi boshqa bir futbolchi bilan to'ldirishga urinib ko'radi. Darvoqe, oldingi turda Bobur Akbarov diskvalifikaciya tufayli o'ynay olmagandi. Endilikda u yana maydonga tusha boshlaydi.


“Neftchi”: Kuniga ikki mahal mashg'ulot o'tkazilmoqda
“Neftchi” navbatdagi o'yinga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Oliy liga 10-turida “Nasaf”ni qabul qiladigan farg'onaliklar mashg'ulotlarni kuniga ikki mahaldan olib bormoqdalar. Ertalabki mashg'ulot klub bazasida engil tarzda o'tmoqda, kechki mashg'ulotlar esa asosiy maydonda o'tkazilmoqda.


Klub matbuot xizmatining bizga malum qilishicha, futbolchilarning kayfiyatlari alo darajada va jamoa “Nasaf”ni mag'lub etish orqali muxlislarni xursand qilishmoqchi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика