So’nggi yangiliklar

11:23"Интер"ни икки ҳужумчи тарк этиши мумкин  0 09:53Германиянинг 6 карра чемпиони 7 йиллик танаффусдан сўнг Бундеслигага қайтди  4 09:25“Барселона“ “Эл Класико“ олдидан икки футболчисини қайта тиклаганини эълон қилди  11 09:24Суперлига. Бугун 9-тур якунланади  1 08:51“Пахтакор“ “Бухоро“ни йирик ҳисобда мағлуб этган баҳсдан ФОТОГАЛEРEЯ  1 08:23Sofascore. “Ризеспор“ мағлуб бўлган баҳсда Алиқулов неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:56ОФК Чақирув кубоги. Қўшниларимиз бош совринга эга чиқишди  5 07:25Мессининг голи ҳам “Интер Майами“га йирик мағлубиятдан қутилиб қолишга ёрдам бермади  7 01:59ЛаЛига. "Атлетико" Сорлотнинг 23 дақиқадаги покери эвазига йирик ғалаба қайд этди  1 01:18Муҳаммад Салоҳ: "Буни ҳеч ким кутмаганди"  4 00:44Камолиддин Тожиев: "Морейра штабида ишлашим керак бўлганди"  19 00:09Илёс Зейтуллаев: "Қаршида "Насаф"дан очко олиш кўп нарсаларни англатади"  2 23:57Улуғбек Бакаев: "6:0 ҳисобида мағлуб бўлиш жуда оғриқли"  14 23:38Бундеслига. "Бавария" ўз майдонида ишончли ғалабага эришди, Мюллер "Альянц Арена" билан хайрлашди  4 23:18Рўзиқул Бердиев: "Насаф" ҳозир шу даражага етди-ки, дуранг ҳам ранжитяпти"  32

"Vodiy futboli": Bugun "Navbahor" va "Andijon" o'ynaydi Yangiliklar

"Vodiy futboli": Bugun "Navbahor" va "Andijon" o'ynaydi

Oliy liganing 8-turidan o'rin olgan bahslar davom etadi.
“Andijon”: Bugun kuchli raqib sinovi

Bugun oliy ligada 8-turning yana beshta uchrashuvi bo'lib o'tadi. “Andijon” jamoasi ayni paytda “Lokomotiv”ga qarshi tayyorgarlikning so'nggi soatlarini o'tkazmoqda.

Ikki kun mobaynida jamoamiz Toshkentda mashg'ulotlar o'tkazdi. Bugun o'ynashga tayyor bo'lgan futbolchilarning barchasi sog'lom va hech qanday muammo yo'q. Albatta, “Lokomotiv” mamlakatimizning etakchi jamoalaridan hisoblanadi. SHu bois bugun andijonliklar kuchli raqib sinovidan o'tishadi.

Kecha “Lokomotiv” va “Andijon” yoshlari jamoalari o'rtasidagi bellashuvda mezbonlar 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi.


"Navbahor": Qarshiliklarga qarshi o'ynaymiz

Namanganning "Navbahor" klubi bugun o'z maydonida Qarshining "Nasaf" klubini qabul qiladi. Soat 18:00da boshlanadigan o'yinga barcha muxlislarni chorlab qolamiz.

Ayni paytda musobaqa jadvalida ikkinchi o'rinda borayotgan "Nasaf"ga qarshi o'yin qiyin o'tishi shubhasiz. Bu mavsumda "lochinlar" 2ta o'yinda g'alaba qozonishgan, 1ta uchrashuv durang bilan tugagan av 4 marta mag'lub bo'lishdi.

Kecha bu jamoalarning yoshlari o'rtasidagi bahs bo'lib o'tdi. Unda "Nasaf" yoshlari 1:0 hisobida zafar quchishdi.


"Neftchi": Javohir Rasulov oliy ligadagi birinchi golini urdi   

Kecha Samarqandning "Dinamo" klubini qabul qilgan Farg'onaning "Neftchi" klubi 3:1 hisobida zafar quchdi.

O'yinning 44-daqiqasida mezbonlar yarim himoyachisi Javohir Rasulov "Dinamo" darvozasiga gol urdi. SHu tariqa, Rasulov oliy ligada o'zining dastlabki golini urishga muvaffaq bo'ldi.

2012 yilda oliy ligada debyut qilgan futbolchi bunga qadar raqib darvozasiga yo'l topa olmayotgandi. Kechagi bahs Javohir uchun alohida ahamiyat kasb etdi.

Uchrashuvda "Neftchi"dan Rasulovdan tashqari Abbos Maxstaliev va Aybek Nurboev gol urishdi.


"Qo'qon-1912": Mavsumdagi ikkinchi chetlatish

Kecha oliy liganing 8-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Qo'qon-1912" uchrashuvida mezbonlar 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi.

O'yindagi hisobni qo'qonliklar hujumchisi Nosir Otaqo'ziev ochgandi. Biroq 17-daqiqadayoq Jalil Kimsanovning chetlatilishi natijasida "Qo'qon-1912" 10 kishi bo'lib qoldi. Mezbonlar ikkinchi bo'limda sondagi ustunlikni sifat ustunligiga aylantira olishdi.

Bu mavsumda "Qo'qon-1912" jamoasining ikkinchi futbolchisiga qizil kartochka ko'rsatildi. 3-turda Qarshida mehmon bo'lgan jamoa safida Quvondiq Ro'ziev chetlatilgandi. Hozircha eng ko'p qizil kartochkani "Bunyodkor" futbolchilari olishdi - 3ta. "Qo'qon" bu borada ikkinchi o'rinda.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика