So’nggi yangiliklar

08:42"Барселона" жиддий қизиққан яна бир футболчи амалдаги жамоаси билан янги шартнома имзолади  0 08:11"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттириши мумкин  0 07:40Пролига. Бугун марказий учрашув бўлиб ўтади  1 07:15Суперлига. "Хоразм" — "Қизилқум" 0:1  0 00:51Қосимов фаолиятини Ироқда давом эттиради  3 00:30"Манчестер Сити" Родриго харидидан воз кечди, жамоа ўз вингерини сақлаб қолади  1 23:40Санчо "Рома"га ўтишни хоҳламаяпти, аммо римликлар уни кўндиришга уриниб кўради  0 23:13Ҳаким Фузайлов: "Хоразм"ни Суперлигада олиб қолишга ҳаракат қиламиз, бошқа йўлимиз ҳам йўқ"  6 22:59"Тоттенхэм" 60 млн. фунтлик трансферга яқин турибди  0 22:27Стримернинг онасини сўккан Россия терма жамоаси собиқ футболчиси аёлнинг ўзидан кечирим сўради  2 22:11Акмал Рустамов: "Суперлигада ўйинлар орасида вақт кам. Бир кунни йўлга сарфлаяпмиз, икки кун сунъий майдонда машғулот қилдик"  2 21:58Алонсо "Реал"нинг ўйинини кўчиришни рад этишгани ҳақида: "Футболчилар соғлиғи учун бизни қўллаб-қувватлашларини хоҳлардик"  7 21:15Левандовски Ла Лига 2-турида "Барселона"га ёрдам бера оладими?  2 21:00Суперлига. "Хоразм" 15 йилдан сўнг уйига қайтган оқшомда "Қизилқум"га мағлуб бўлди  20 20:37Артём Петросян: "Ўйинни якка курашларда ютқазганимиз учун бой бердик"  1

Kamoliddin Tojiev: "Moreyra shtabida ishlashim kerak bo'lgandi" Yangiliklar

Kamoliddin Tojiev: "Moreyra shtabida ishlashim kerak bo'lgandi"

Superliganing 9-turi doirasida "Buxoro" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin "Paxtakor" vaqtinchalik bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida qatnashdi.

O'yin haqida

- Bugun o'yin oldidan yigitlarga berilgan rejalarning barchasi ishladi. Hamma o'z darajasida o'ynadi. O'yindan oldin futbolchilarga, barcha terma jamoa darajasidagi futbolchilar ekanligini aytdik. Ularni shu orqali ruhiyatini ko'tarmasak, ruhiy tushkunlikdan olib chiqib bo'lmaydi. Ruhiyatni ko'tarib olsak, bu yigitlarning barchasi yuqori darajada o'yin ko'rsatadigan futbolchilar. Ular bugun o'z saviyasini namoyish qilishdi.

- Bugun futbolchilar erkin o'ynadi, xotirjamlikni namoyish qildi. Bu "Buxoro" kabi kuchsiz jamoaning fonida shunday ko'rindimi yoki Sizning o'tgan yilda jamoani qo'lingizga olganingizdan keyingi kabi futbolchilar yana kuchli o'yin ko'rsatishni boshladimi?

- "Buxoro"ni kuchsiz raqib deb bo'lmaydi. Superligada hozir kuchsiz jamoaning o'zi yo'q. Yigitlar men kelganimga zo'r o'ynadi emas, shunchaki ruhiy tomonlama ko'tarilish qilishga harakat qildik. Menimcha bu erda menmi yoki boshqa murabbiy bo'lsa ham, ular o'zlarini ko'rsatishadi.

- Moreyra davrida "Paxtakor"ga nima etishmadi?

- Ayrim o'yinlardagi mag'lubiyatlardan keyin futbolchilar bilan gaplashib ko'rdim, ular o'zlarini eyishni boshlashdi. Shu orqali o'yin ham chiqmadi. 2-3 kun ichida futbolchilar bilan gaplashib, ruhiy tomonlama ko'tarishga intildim. Tarkibdagi barcha futbolchilar termaga nomzod. Ularga o'zlaridagi ishonchni qaytarish kerak.

- Siz uzoq yildan beri "Paxtakor"dasiz. Sizga adolatsizlik qilishayotgandek tuyulmayaptimi? Yani, o'tgan yili Maksim Shackix ijodiy tatilga chiqqanida Sizning qo'l ostingizdagi jamoa yaxshi o'yin ko'rsatdi va keyinchalik Shackix yana qaytdi. Bu yil ham shunday bo'lib qolsa, adolatsizlik bo'lmaydimi? Siz futbolchilar bilan ishlaysiz, natijalarga erishasiz. Keyin esa yana vaziyatni chigallashtirishadi. Yoki rahbariyat bilan barchasini gaplashib oldingizmi?

- Men "Paxtakor"dan ketmagandim, U19 jamoa bilan ishlayotgan edim. Moreyra boshchiligidagi murabbiylar shtabida bo'lishim kerak edi, biroq ularning o'zlari meni olmaslikka qaror qilishdi. Yoshlar jamoasida ishlab turib ham murabbiylar shtabi bilan gaplashib turardim. Endi buyog'ini ko'ramiz, barchasi rahbariyatga bog'liq. Ular qaerda deyishsa, o'sha erda ishlaymiz.

- Klub xabarida Pedru Moreyra tatilga chiqdi deyildi. U istefoga chiqarildimi yoki tatilga ketdimi?

- Bu savolga klubda ishlaydiganlar javob bera oladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика